Saudiya Arabistoni global iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda ikkita yirik loyiha amalga oshirilishini ma'lum qildi. Hususan, Qirollikning Valiahdi Muhammad bin Salmon Al Saud qirollikning ko'kalamzorlashtirish dasturini ma'qulladi, uning doirasida keyingi o'n yilliklar davomida 10 milliard tup daraxt ko'chatlari o'tqaziladi.
Shu bilan birga, mintaqa bo'ylab 40 milliard tup ko'chatni ekishni ko'zda tutuvchi "yashil Yaqin Sharq" dasturini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shahzoda Muhammadning aytishicha, eng yirik neft' ishlab chiqaruvchi sifatida Saudiya Arabistoni iqlim o'zgarishi oqibatlarini engish uchun mas'uliyatning ulushidan xabardor va "yashilroq dunyo yaratishda global lider bo'lishga intiladi".
Mynamaz.ru ma'lumotlariga ko'ra, endi mintaqa uchun eng katta ekologik muammo cho'llarning bostirib borishidir. Qum bo'ronlaridan yillik yo'qotishlar 13 mlrd dollarni tashkil qiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 15 noyabr kuni "Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida "O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Ruslanbek Davletov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiqjon Toshboyev, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori akademik Akmal Saidov qatnashdi. Shuningdek, xorijiy mutaxassislar, diplomatik korpus vakillari, dinshunos-ekspertlar, islomshunoslar, shuningdek, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, diniy konfessiya yetakchilari va milliy madaniy markazlar vakillari, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqan notiqlar tomonidan turli madaniyat va din vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ular o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi yuksak e’tirof etildi. Ko‘p millatli xalqimiz qadimdan bag‘rikenglik va mehmondo‘stlik fazilatlari bilan tanilgani, qaysi jamiyatda ahil-inoqlik mustahkam qaror topgan bo‘lsa, o‘sha jamiyatda o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar rivojlanishi, insonlar tinch va osoyishta hayot kechirishini alohida ta’kidladilar.
Ochilish marosimidan so‘ng konferensiya o‘z ishini uchta sho‘bada davom ettirdi. Har bir sho‘bada diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy barqarorlik, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga oid dolzarb mavzular atroflicha muhokama qilinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati