Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Fevral, 2026   |   6 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:49
Quyosh
07:07
Peshin
12:41
Asr
16:23
Shom
18:10
Xufton
19:22
Bismillah
23 Fevral, 2026, 6 Ramazon, 1447

Saudiya Arabistoniga za'faron eksport qilinadi

02.04.2021   1505   2 min.
Saudiya Arabistoniga za'faron eksport qilinadi

O'zbekiston Saudiya Arabistoniga za'faron savdosini yo'lga qo'yadi. O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug'bek Maqsudov “Sunbula technologies Est.” kompaniyasi raisi Ubaydulla Siddiqiy bilan uchrashib O'zbekistonning  “BMB Trade Group” kompaniyasi tomonidan etishtirilgan za'faron namunalarini taqdim etdi. Bu mahsulot Saudiya Arabistoni oziq-ovqat va dori-darmon vositalari agentligi (SFDA) tomonidan tekshiriladi va tegishli sifat sertifikati olinadi. Bu hamkorlik haqida Ubaydulla Siddiqiy shunday fikr bildirgan:

“Umid qilamizki, za'faron - bu O'zbekiston bilan hamkorligimizning boshlanishi bo'ladi. Kelajakda keng turdagi mahsulotlar import qilish niyatidamiz. Saudiya vakillari hozir za'faronni Marokash, Ispaniya, Hindiston, Afg'oniston va Pokiston kabi davlatlardan olib kelmoqda. Shu ma'noda O'zbekistonda etishtirilishi boshlangan za'faronga qiziqishimiz katta. Umid qilamizki, o'zbek za'faroni sifat jihatidan raqobatbardosh va Saudiya bozorida o'z o'rniga ega bo'ladi” - deb ta'kidlagan kompaniya raisi.

Shuningdek, Ubaydulla Siddiqiy O'zbekistondan tabiiy asal va tog' o'simlik giyohlaridan tayyorlangan mahsulotlarni ham import qilish imkoniyatini o'rganmoqchiligini aytgan. Uning so'zlariga ko'ra, Saudiya Arabistonida shifobaxsh ekologik toza mahsulotlarga talab yuqori.

Bu uchrashuvda Markaziy va Janubiy Osiyoni bog'lovchi transport koridori yaratish bo'yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlar haqida ham ma'lumot berilgan. Bu kabi qulay transport yo'lagining imkon qadar tez muddatlarda qurilishi mintaqa davlatlarining savdo-iqtisodiy aloqalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu o'rinda suhbatdosh mazkur yangi transport yo'lagi barpo etilishi O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi savdo aylanmasini ham sezilarli oshishiga olib keladi, deb umid bildirdi.

Bu uchrashuv natijasida O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasida savdo – sotiq aloqalari yanada rivojlanishi ikki davlat xalqlari uchun birdek foydalidir.

azon.uz

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

23.02.2026   1647   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi  Sirdaryo viloyati vakilligining "Haj-umra" masalalari bo‘yicha mutaxassisi, Guliston shahar "Iso ug‘li Muso" jome masjidi imom-xatibi Bahodir domla Suyunboyevga padari buzrukvori Sodiqjon hoji otaning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.
 

Alloh taolo marhum otaxonning oxiratlarini obod aylab, jannatdagi darajalarini yuksak qilsin. 


Haq taolo marhum otaxonning barcha yaqinlariga, xususan, Bahodir domla Suyunboyevga chiroyli sabr bersin.


Janoza bugun, 23 fevral kuni soat 14:00 da Yangiyo‘l tumani "Saxovat" mahallasi Yangi turmush ko‘chasida marhumning xonadonida o‘qiladi.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering». 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari