Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Mart, 2026   |   13 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:38
Quyosh
06:56
Peshin
12:40
Asr
16:30
Shom
18:19
Xufton
19:30
Bismillah
02 Mart, 2026, 13 Ramazon, 1447

Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabati bilan 50 tonna xurmo sovg'a qildi

24.03.2021   4314   3 min.
Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabati bilan 50 tonna xurmo sovg'a qildi

Shu yil 23 mart kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon Ishmatbekov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonov va Saudiya Arabistonining O'zbekistondagi elchisi Hishom ibn Mish'al as-Suvaylim o'rtasida muloqot bo'lib o'tdi.

Samimiy suhbatda tomonlar so'nggi yillarda O'zbekiston hukumatining Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik aloqalari kengayib borayotgani haqida to'xtalib, ikki xalqni bog'lab turuvchi mushtarak jihatlar – din, madaniyat, ilm-ma'rifat borasidagi aloqalarni alohida qayd etdilar.

Do'stona uchrashuv chog'ida Saudiya Arabistonidagi “Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi tomonidan Ramazon oyi munosabati bilan xayriya sifatida 50 tonna xurmo topshirildi. Taqdim etilgan xurmolar uchun “Podshoh Salmon” fondi va Saudiya Arabistonining elchixonasiga O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan minnatdorlik bildirildi. Shuningdek, ushbu xayriya tadbirining muborak Ramazon oyi arafasida amalga oshirilishi ayni muddao ekani ta'kidlandi. O'z o'rnida elchi janoblari kelgusida O'zbekistonda shu kabi xayriya tadbirlarni ko'proq tashkil etilishini ma'lum qildi.

Mazkur xurmolar “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Ramazon oyi arafasida respublikamizdagi tashkilotlar, masjidlar, madrasalarga xayriya sifatida tarqatilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv do'stona va samimiy ruhda o'tdi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Solihlar ramazonni qanday o‘tkazishgan?

27.02.2026   6277   1 min.
Solihlar ramazonni qanday o‘tkazishgan?
 

https://t.me/muslimuzportal/44840