Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Yanvar, 2025   |   7 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:29
Shom
17:13
Xufton
18:32
Bismillah
07 Yanvar, 2025, 7 Rajab, 1446

O'ZBYeKISTONDAGI DINIY-MA_''RIFIY SOHADAGI ISLOHOTLAR MUSULMON DUNYoSINING DIQQAT MARKAZIDA

25.02.2021   1641   13 min.
O'ZBYeKISTONDAGI DINIY-MA_''RIFIY SOHADAGI ISLOHOTLAR MUSULMON DUNYoSINING DIQQAT MARKAZIDA

So'nggi 4 yil — 2016-2020 yillarni o'z ichiga olgan davr ilmiy va ekspert doiralar tomonidan O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi deb atalmoqda. Ushbu qisqa vaqt ichida O'zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilgan islohotlar davlat va jamiyatning jadal rivojlanishiga erishish, xalq farovonligi va osoyishtaligini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Islohotlarning huquqiy asosini yaratish, ularning izchilligiga erishish maqsadida 2017-2021 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi.

Harakatlar strategiyasining beshinchi yo'nalishida diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Bu borada respublikada amalga oshirilayotgan ishlar jamiyatimizdagi hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlamoqda.

Bugun 34,5 millionlik O'zbekistan aholisini 130 dan oshiq turli millat, 16 ta diniy konfessiya vakillari tashkil qiladi. Ularning milliy o'zligini saqlash va rivojlantirish, e'tiqod erkinligini ta'minlashga oid huquqlari Konstitutsiya va qonunlar asosida qat'iy kafolatlangan.

O'tgan qisqa vaqt davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Birinchidan, 2016 yilning 18 oktyabrida Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasi yig'ilishida O'zbekiston Prezidenti tomonidan Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qisqa vaqt ichida Misr, Turkiya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniyadagi xalqaro islom markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatib, birgalikda yirik ilmiy loyihalarni amalga oshirmoqda.

Uch yillik faoliyati davomida Markaz tomonidan buyuk allomalarimizning 30 ga yaqin asari tarjima qilindi. Horijning etakchi ekspertlari, islomshunos olimlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining o'rta asrlarga oid ilmiy merosni o'rganishdagi faoliyatini jahonning nufuzli markazlari darajasida ekanini e'tirof etdilar.

Yaqinda Markaz olimlari tomonidan Imom Moturidiyning dunyoga mashhur “Ta'vilot al-Qur'on” kitobi ilk marta o'zbek tiliga tarjima qilindi. Hech mubolag'asiz, ushbu noyob asar Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 1 100 yildan so'ng xalqimizga o'z ona tilida qaytarib berildi.

O'zining bebaho asarlari bilan islom dini rivojiga buyuk hissa qo'shgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Burhoniddin Marg'inoniy kabi allomalarimiz asarlarini o'rganish, tadqiq etish, o'zbek tilida ularning tarjima va sharhlarini, tanqi-diy matnlarini tayyorlash — bu oson emas va hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Buning uchun chuqur bilim va katta tajriba, sabr va toqat kerak. Eng muhimi, Alloh bergan iste'dod, nozik did va farosat bo'lishi zarur.

Igna bilan quduq qazishdek bunday og'ir mehnatning barcha zahmat va mashaqqatini boshidan o'tkazgan odamgina biladi, tushunadi. Bundan necha asrlar ilgari yozilgan, dunyoning turli mamlakatlarida saqlab kelinayotgan qadimiy kitoblarni bugungi kun talabi darajasida tayyorlash — juda murakkab jarayon. O'zbekiston Prezidenti ana shunday savobli amalga ko'z nuri, aql-zakovati, butun umrini sarf etayotgan olim va tadqiqotchilarimiz, diniy soha xodimlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat sharoiti yaratib berishga katta e'tibor qaratmoqdalar.

Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etib, xalqaro maydonda islom diniga nisbatan kuzatilayotgan bir yoqlama salbiy munosabatga nisbatan o'zining qat'iy pozitsiyasini muxtasar ifoda qilib, jumladan shunday dedi: Biz muqaddas dinimizni zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga qo'yadiganlarni qat'iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotida O'zbekiston rahbari jahon hamjamiyatiga O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazini tashkil etish loyihasi haqida so'zladi.

Islom tsivilizatsiyasi markazi o'z g'oyasi va ahamiyatiga ko'ra betakror loyiha bo'lib, islom dinining ilmiy-ma'naviy boyligi, bunyodkorlik salohiyatini namoyish etishga qaratilgan.

O'tgan yillar davomida O'zbekiston Prezidenti Islom tsivilizatsiyasi markazi binosining qurilish maydoniga bir necha bor tashrif buyurib, uning ahamiyati, xalqimiz, xususan, yoshlarimizni insoniyatning ezgu g'oyalari ruhida tarbiyalashdagi o'rni haqida muhim taklif va tashabbuslarni bildirdilar.

Shuningdek, O'zbekiston rahbari tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yalpi majlisida “Ma'rifat va diniy bag'rikenglik to'g'risida”gi maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Rezolyutsiya Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo 100 dan oshiq davlatlar tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

Ushbu rezolyutsiya bag'rikenglik va o'zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta'minlash, e'tiqod qiluvchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlaydi.

Uchinchidan, bugungi murakkab va tahlikali davrda zamonaviy tahdidlarga qarshi tura oladigan, chuqur bilim va keng dunyoqarashga ega, diniy fanlarni puxta o'zlashtirgan mutaxassislarni tayyorlash vazifasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu maqsadda 2018 yilda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi ta'sis etildi.

Buyuk alloma ajdodlarimizning islom ilm-fani va madaniyati rivojiga qo'shgan hissasini tadqiq etish, yoshlarni yuksak odob, ma'rifat va bunyodkorlik g'oyalari asosida tarbiyalash ushbu ta'lim maskanining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.

Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiydek buyuk ajdodlarimiz asos solgan hadis maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish, ular qoldirgan boy ilmiy merosni o'rganish maqsadida Samarqandda Hadis ilmi maktabi tashkil etildi.

Eng zamonaviy jihozlar, pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlangan ushbu ta'lim muassasasiga dunyoning mashhur Al-Azhar universitetidan professor-o'qituvchilar jalb etildi. Arab-musulmon mamlakatlaridan 1 000 nomda 8 tonna hajmdagi eng so'nggi o'quv adabiyotlari, ilmiy manbalar olib kelindi.

Buxoro viloyatidagi mashhur diniy ta'lim muassasasining musulmon dunyosidagi o'rni va nufuzi, diniy xodimlar tayyorlashdagi ahamiyatini e'tiborga olib, Mir Arab oliy madrasasi tashkil etildi. Qayd etish kerak-ki, Mir Arab madrasasi o'z faoliyati davomida nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham diniy va dunyoviy bilimlarni puxta o'zlashtirgan kadrlarni etishtirib chiqargan. Bugun Rossiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston kabi davlatlardagi nufuzli ulamolar aynan Mir Arab madrasasining bitiruvchilari hisoblanadi.

Shuningdek, tabarruk Termiz zaminida buyuk muhaddis Imom Termiziy nomi bilan ataladigan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, diniy ta'lim muassasasi faoliyat boshladi. Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Termiziy, Hakim Termiziy va boshqa termiziy allomalarning 14 ta asari o'zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi.

Musulmonlar e'tiqodini to'g'rilovchi, ularni hidoyat yo'liga boshlovchi alloma Imom Moturidiy ilmiy merosining bugungi kundagi dolzarb ahamiyatini e'tiborga olib, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil qilindi.

Ushbu markazlar xalqimizga islom dinining asl ta'limotlarini etkazishga xizmat qilmoqda. Yoshlarimizning yot oqimlar ta'siriga tushishining oldini olish, ularni ilm-fanga rag'batlantirish, yuksak axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalashda “Jaholatga qarshi ma'rifat” ezgu g'oyasi asosida faoliyat yurituvchi ushbu muassasalar o'ta muhim ahamiyatga ega.

To'rtinchidan, O'zbekistonda diniy soha xodimlari, jumladan, imom-xatiblarning jamiyatda ahillik va barqarorlikni mustahkamlashdagi o'rniga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ziyoratgohlar, masjidlar, diniy ta'lim muassasalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Vaqf xayriya jamoat fondi tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan dinu diyonatimiz, ulug' allomalarimizga hurmat ramzi sifatida Toshkent shahrida “Imom Termiziy”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Suzuk ota” masjid-majmualari, Namanganda Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi, Buxoroda Bahouddin Naqshband va etti pir ziyoratgohlari, Sherobodda Imom Termiziy ziyoratgohi, Urganchda “Oxun bobo” masjidi, Hivada Pahlavon Mahmud ziyoratgohi, Nukusda “Imom eshon Muhammad” masjidi va yana ko'plab tabarruk manzillarda keng ko'lamli qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Qisqa muddatda bu maskanlar g'oyat go'zal va ulug'vor qiyofa kasb etdi.

Ayniqsa, bundan ming yil oldin diniy e'tiqod masalasida yozgan asarlari bilan adashganlarga to'g'ri yo'l ko'rsatgan Abu Muin Nasafiy bobomizning ziyoratgohi tubdan ta'mirlanib, har tomonlama obod qilindi. Buyuk allomaning “Tabsiratul adilla” nomli kitobi o'zbek tilida nashr etildi. Bu asar bilan tanishgan odam turli soxta va zararli oqimlarning mohiyatini anglab etadi.

So'nggi yillarda O'zbekistonda imom-xatiblarning bilim va kasbiy malakasini oshirishga alohida e'tibor berilmoqda. Shu maqsadda, Halqaro islom akademiyasining Malaka oshirish markazi va uning 4 ta hududiy filiali faoliyati yo'lga qo'yildi. Unda har yili yuzlab imom-xatiblar bugungi voqelik talablaridan kelib chiqib, bilim va ko'nikmalarini oshirmoqdalar.

Beshinchidan, Movarounnahr — hozirgi O'zbekiston ilm-fan va madaniyatining tarixiy markazi hisoblanadi. Muhammad Horazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg'oniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy kabi allomalar, buyuk mutafakkirlar o'z davrida Movarounnahrda Birinchi va Ikkinchi Renessans davrini boshlab bergan bo'lsa, Yangi O'zbekistonda ushbu buyuk siymolar nomi bilan tashkil etilgan markazlar, ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari Uchinchi Renessansga ilmiy poydevor bo'lishi niyat qilindi.

Ushbu sohadagi islohotlarning yana bir muhim maqsadi — O'zbekistonning insoniyat tsivilizatsiyasiga qo'shgan buyuk hissasini targ'ib qilish orqali yoshlarni ma'rifatga rag'batlantirish, innovatsion rivojlanishning boy milliy merosga asoslangan yangi taraqqiyotiga yo'l ochish hisoblanadi.

Oltinchidan, turli yot oqimlar ta'siriga berilib, qilgan ishidan pushaymon bo'lgan 20 mingdan ziyod fuqarolar reabilitatsiya qilindi, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, hayotda o'z o'rnini topishiga yordam berilmoqda.

Qilgan xatosini anglab etgan va tuzalish yo'liga kirgan shaxslarning oilasi bag'riga, tinch hayotga qaytishiga imkoniyat yaratildi.

O'zbekiston rahbariyatining kechirimlilik va yuksak insonparvarlik siyosatining amaldagi in'ikosini Suriya va Iroqdan yurtimizga qaytarilgan fuqarolarimiz misolida ham anglab etish mumkin. “Mehr”, “Mehr-2”, “Mehr-3” operatsiyalari natijasida 317 nafar ayollar hamda bolalar urush o'choqlaridan tinchlik va farovonlik o'lkasi bo'lmish O'zbekistonga qaytarildi.

Ta'kidlash kerakki, bugungi kunda musulmon dunyosining o'zaro hamkorligini kuchaytirish, oldimizda turgan muammolarga echim topish va islom ummatining birdamligini mustahkamlashda musulmon mamlakatlarining imkoniyat va salohiyatini safarbar etish g'oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu ma'noda, biz O'zbekistondagi islom ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan dunyoning etakchi islomshunoslik markazlari bilan hamkorlikda buyuk allomalarimizning ilmiy merosiga bag'ishlangan xalqaro konferentsiyalar o'tkazilmoqda.

Hususan, 2020 yilning 3-4 mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o'tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferentsiya yuqori saviyada tashkil etildi.

Konferentsiyada dunyoning 15 mamlakatidan 55 nafar taniqli ulamolar, muftiylar, moturidiyshunos ekspertlar, 100 nafar mahalliy olim va tadqiqotchilar qatnashdi.

Jumladan, Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi shayxi Ahmad Tayyib boshchiligidagi 19 nafar misrlik nufuzli diniy arboblarning ishtiroki konferentsiyaning xalqaro maqomini yanada oshirdi.

Ahmad Tayyib konferentsiyaning yuqori saviyada tashkil qilingani, yuksak darajada e'tibor ko'rsatilgani hamda “Samarqand shahrining faxriy fuqarosi” maqomiga munosib ko'rilgani uchun O'zbekiston Prezidentiga chuqur minnatdorligini bildirdi.

Hulosa o'rnida aytish mumkinki, so'nggi 4 yilda mamlakatimizda keng ko'lam va yuksak ahamiyat kasb etgan diniy-ma'rifiy yo'nalishdagi islohotlar O'zbekistonning musulmon dunyosida islom tsivilizatsiyasi markazi sifatida e'tirof etilishining muhim omili bo'lmoqda.

Shahzod ISLOMOV,
islomshunos, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori
Manba: “Yangi O'zbekiston” gazetasi
2021 yil 23 fevral', №38 (294)
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Allohim, Sen mendan yuz o‘girma

7.01.2025   141   2 min.
Allohim, Sen mendan yuz o‘girma

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rivoyat qilinishicha, Hasan Basriy rahimahullohning qo‘llarida Abbos degan bir yigit tavba qilgan ekan. U yigit avvallari juda ko‘p gunoh qilgan bo‘lgan, so‘ng tavba qilgan, lekin shu holda yetmish marta tavbasini buzgan. Oxir-oqibat umrining so‘nggi daqiqalari yaqinlashganda, o‘limi ko‘ziga ko‘ringan paytda onasini chaqirib shunday dedi:
— Ona, Hasan Basriy hazratlarini chaqiring, men u zotning huzurlarida tavbamni yangilamoqchiman, shoyadki Alloh taolo tavbamni qabul qilsa.
Onasi shoshilib Hasan Basriyning huzuriga borib, salom berdi va:
— Men Abbosning onasiman, o‘g‘limning o‘lim payti yetdi va u sizni so‘rayapti, tavbasini yangilamoqchi, dedi. Hasan Basriy rahimahulloh bunga javoban:
Bor, menga tavba qilib, uni qayta-qayta buzadigan odamning keragi yo‘q, dedi.
Ayol yig‘lagan holda uyiga qaytib keldi va o‘g‘liga:
— Ey, o‘g‘lim! Shayx sening yomon qilmishlaring tufayli kelishdan bosh tortdi, dedi.
Shunda Abbos osmonga boqib:
Yo Robbim, Parvardigorim, shayx mendan yuz o‘girdi, ammo Sen mendan yuz o‘girma, umidimni so‘ndirma, deb duo qildi.
Shundan so‘ng yigit onasiga qarab:
— Ey, onajon! Agar vafot etsam, oyog‘ingizni yuzimga qo‘ying, keyin bo‘ynimga arqan bog‘lab, bozorda sudrab yuring va ovozingiz boricha “Bu — Allohga osiy bo‘lganning jazosidir” deb baqirib yuring. Shoyad, mening holimni ko‘rib, Alloh O‘z fazli va rahmati bilan meni afv etsa, dedi.
Onasi uni o‘zi aytganidek o‘g‘lining yuziga oyog‘ini qo‘ymoqchi edi, hotifdan bir ovoz eshitildi:
Oyog‘ingni sajda qiladigan joyga qo‘yma. Shuni bilginki, Alloh taolo uni afv etdi va do‘zaxdan ozod qildi.
Shundan so‘ng onasi uni dafn qildi va uyiga qaytdi. Shu kecha Hasan Basriy tushida bir ovozni eshitdi:
— Ey Hasan! Nima uchun bandamni Mening rahmatimdan umidsiz qilib qo‘yding? Axir uni Men yaratganmanku va Mening rahmatim har narsani qamrab oladi. Qasamki, agar yana shunday qilsang, seni solihlar daftaridan o‘chiraman!

Bu qissa Allohning rahmati va fazlining ulkan ekanini, hamda tavba qilishda inson hech qachon umidsiz bo‘lmasligi kerakligini yorqin tarzda bayon qiladi.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

Maqolalar