Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Oktabr, 2025   |   23 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:16
Quyosh
06:35
Peshin
12:14
Asr
15:59
Shom
17:46
Xufton
18:58
Bismillah
15 Oktabr, 2025, 23 Rabi`us soni, 1447

Bir savol so'rasam: Tezak yoqib pishirilgan nonni eyish mumkin-mi?

25.02.2021   4154   1 min.
Bir savol so'rasam: Tezak yoqib pishirilgan nonni eyish mumkin-mi?

— Azaldan ota-bobolarimiz tezak (tappi)ni tandirga yoqib non qilib kelgan. Hozir ham ba'zi qishloqlarimizda shunday qilishadi. Lekin uning shar'iy hukmi haqida eshitmagan ekanman. Tezak yoqib pishirilgan nonni esa bo'ladi-mi?

— Hayvonning go'ngi va quritilgan tezagini yoqib unda pishirilgan taom va non halol bo'ladi. Ulamolar tezak yoqilishi bilan u istihola bo'ladi, deyishgan. Ya'ni olov sababli moqiyati o'zgaradi.

Najosatni poklashning bir qancha yo'llari bor. Masalan, yuvish, artish, erga surtish. Fuqaholarimiz o'zlarining fatvo kitoblarida jumladan shunday deydilar:

“Najosatni poklashning yana bir yo'li yoqishdir. Tezak yoqilsa va u kulga aylansa, Imom Muhammadning nazdida pokligiga hukm qilinadi. Shunga fatvo berilgan” (“Hulosatul fatavo”, “Fatavoi Hindiya”).

Alloma Haskafiy esa bunday deydi: “Tezakning kuli najas hisoblanmaydi. Aks holda barcha diyorlarda nonni (tezak bilan pishirish oqibatida) najas bo'lishi kelib chiqardi” (Durrul muxtor).

Agar tandir tezak bilan qizdirilsa, unda non yopish makruh, agar tandirga suv sepilsa, makruhlik yo'qqa chiqadi. (“Fatavoi hindiya”, “Qunya”)

Demak, tezak yoqib non pishirilsa, non pok va iste'molga yaroqli hisoblanadi. Qolaversa, bu ish azaldan odamlar orasida ommaviy ehtiyojga aylangan. Vallohu a'lam!

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Dinimizda musibatlarni yengish va sabrga tavsiyalar

14.10.2025   1945   1 min.

Ziyovuddin domla Aymuhammedov - Bektemir tumani Bektemir jome masjidi imom-xatibi

Juma mav'izalari