Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Arab tili fakul'teti talabalari kelib, oliygoh faoliyati bilan tanishdilar.

Mehmonlarga O'zbekiston musulmonlari idorasi kutubxona mudiri va institut Axborot-resurs markazi xodimi Kamoliddin Mahkamov ta'lim muassasasining o'quv, ilmiy va tashkiliy faoliyati to'g'risida ma'lumot berdi.

Shuningdek, talabalar Institutning boy kutubxonasidagi noyob va mashhur kitoblarni ham ko'zdan kechirdi.


O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ro‘zadorga ikki xursandchilik bor. Qachon iftor qilsa, xursand bo‘ladi. Robbisiga yo‘liqqanida xursand bo‘ladi", dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Ulamolar ushbu hadisning sharhida bunday deydilar:
"Birinchi xursandchilik - farz ibodatni salomat holda bajargani, Alloh taolo unga kuch-quvvat va tavfiq bergani, ko‘plab savoblarga ega bo‘lgani uchun bo‘ladi.
Ikkinchi xursandchilik - oxiratda Robbiga yo‘liqqanida tutgan ro‘zasi uchun berilgan ulkan savoblarni ko‘rganida bo‘ladi".