Aziz yurtdoshim o'zingiz, oilangiz hamda do'stlaringizni ilm-ma'rifat nuridan bahramand etishni istaysizmi?
Unda "Hidoyat", "Mo'minalar" jurnallari va "Islom nuri" gazetasiga obuna bo'ling.
Zero ma'rifat ulashish - eng ezgu amaldir!
Ma'lumot uchun telefonlar:
☎️ 71 227 34 30
? 90 934 04 20
ONLAYN OBUNA ✅ (http://obuna.hidoyat.uz/)
Ulashing ↘️
Hidoyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram
Muborak oy munosabati bilan Xorazm viloyatidagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun ham “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi”, degan ezgu g‘oya asosida iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Hozirga qadar umumiy hisobda imomlar tomonidan 11 ta oilaga kirilib, ularga jami 27 million so‘mlik oziq-ovqat jamlanmalari tuhfa qilindi.
Jumladan, viloyat bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Abdullayev Urganch shahridagi Abulg‘ozi Bahodirxon ko‘chasi 159-uyda yashovchi So‘najon Bozorboyeva xonadonida fayzli iftorlik uyushtirib, xonadon a’zolaridan hol-ahvol so‘rab, ularning qalblari quvonchga to‘ldirildi.
Bu yilgi Ramazonda viloyat mahallalaridagi kam ta’minlanganlar uchun boshlangan bunday iftorliklar Ramazonni yanada fayzli, tarovatli o‘tkazishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati