Mir Arab o'rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi
Tojiddinov Abdusamad
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ilohiy muhabbatning alomatlaridan biri shuki, Alloh taolo kimni sevsa, biz ham uni yaxshi ko‘rishimiz lozim. U zot kimni dushman tutsa, biz ham uni dushman deb bilishimiz lozim. Hadisi muborakda Abu Umoma Bohiliydan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rsa va Alloh yo‘lida nafrat qilsa va Alloh uchun (sadaqa) bersa, va Alloh uchun man qilsa, darhaqiqat, iymonini komil qilibdi”, dedilar (Imom Abu Dovud va Imom Tabaroniy rivoyati).
Bu hadisdan olinadigan xulosalardan biri shuki, toki qalbda Alloh taoloning muhabbati bo‘lmas ekan, imonning haqiqiy lazzatini his qilib bo‘lmaydi.
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy rahimahullohning
"Ilohiy ishq" kitobidan Nodir Odinayev tarjimasi