Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Fevral, 2026   |   23 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:04
Quyosh
07:23
Peshin
12:42
Asr
16:09
Shom
17:56
Xufton
19:09
Bismillah
11 Fevral, 2026, 23 Sha`bon, 1447

Ortiqcha so'zni tark qilganga jannat bo'lsin!

27.01.2021   1656   6 min.
Ortiqcha so'zni tark qilganga jannat bo'lsin!

Ortiqcha so'zdan na dunyoviy va na uxroviy foyda yo'q. Inson maqsadini bir so'z bilan ifodalasa, uning ortidan yana boshqa ikkinchi gap ortiqcha bo'lib, uning zarariga hujjat bo'lish ehtimoli ko'p.

Muhammad ibn Yazid ibn Honis Makkiydan rivoyat qilinadi: Sufyon Savriy betob bo'lganida ko'rgani bordik, uning huzuriga Sa'id ibn Hasson Maxzumiy ham kirdi. Shunda Sufyon Savriy unga: “Kecha menga Ummu Solihdan rivoyat qilib aytgan hadisingni yana qaytarib aytib ber”, dedi. U: “Ummu Solih  bintu Solih Sofiyya bintu Shaybadan u Ummu Habibadan rivoyat qiladi: Rosululloh sollohu a'layhi vasallam: “Yaxshilikka buyurgani yoki yomonlikdan qaytargani yoki Alloh Azza va Jallani zikr qilganidan boshqa Odam bolasining barcha aytgan so'zi uning zararigadir, foydasiga emasdir” dedilar. Shunda Muhammad ibn Yazid: Bu hadis naqadar ham og'ir-a! dedi.

Shunda Sufyon Savriy unga: bu hadisning og'irligi nima? Uni bir ayol ikkinchisidan rivoyat qilyapti, bu Payg'ambaringiz sollollohu a'layhi vasallamni u bilan yuborgan Alloh Azza va Jallaning kalomida ham bor.

Alloh taolo marhamat qiladi: “ Ularning ko'p shivirlashib gaplashishlarida yaxshilik yo'qdir. Magar sadaqa berishga, ezgulikka yoki odamlar o'rtasini isloh qilishga buyurgan bo'lsalar, bu yaxshidir. Kimda-kim Alloh rizosi uchun shu ishlarni qilsa, unga ulkan mukofot berajakmiz[1](Niso surasi 114-oyat). Ushbu oyat ham hadisning ayni o'zidir.

Alloh azza va jalla: “Ruh (Jabroil) va (barcha) farishtalar saf tortib turadigan kunda (odamlar) gapirmaslar, faqat Rahmon (mehribon zot) izn bergan kishigina (so'zlar) va (faqat) rost so'zlar”[2]degan (Naba surasi 38-oyat). Ushbu oyat ham hadisning ayni o'zidir.

Yana bir oyati karimada: “Asr bilan qasamyod eturmanki, (har bir) inson ziyonda (baxtsizlikda)dir! Faqat imon keltirgan va solih amallarni qilgan, bir-birlariga haqiqatparvar bo'lishni tavsiya etgan va bir-birlariga sabrli bo'lishni tavsiya etgan zotlargina bundan mustasnodirlar”[3]degan (Asr surasi 1-3-oyatlar). Ushbu oyatning ham hadisning ayni o'zidir, dedi[4].

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollollohu alayhi va sallam: “Alloh Azza va Jallaning zikridan boshqa so'zni ko'paytirmang. Chunki Alloh Azza va Jallaning zikridan boshqa gapni ko'paytirish, qalbning qattiqligidir. Albatta, insonlarning eng Allohdan uzoqrog'i qalbi qattiqlardir”[5]dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).  

Shu bois Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu: “Sizlarni ortiqcha so'zlaringizdan ogohlantiraman, u bilan ehtiyojiga etadigan so'z kishiga kifoya, deganlar. Mujohid rahmatullohi alayhi esa: “Har bir so'z, albatta, kotib farishtalar tamonidan yozib boriladi, Hattoki kishi bolasini tinchlantirish uchun yolg'ondan senga falon, falon narsalarni olib beraman deydi va u yolg'onchi deb yozib qo'yiladi[6], deganlar. Shunday ekan tilimizni doimo ortiqcha so'zdan tiyishimiz lozim, zero Rasululloh sollollohu alayhi vasallam ortiqcha molini nafaqa qilib, ortiqcha so'zini ushlab qolgan kishiga jannat bo'lsin[7] deb duo qilganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Abdulahad  Sobirov,

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti

“Tahfizul-Qur'on” kafedrasi o'qituvchisi

 

[1] Niso surasi 114-oyat.Shayx Abdulaziz Mansur.  Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. 2009-yil Toshkent. TIU nashriyoti.

[2] Naba surasi 38-oyat.Shayx Abdulaziz Mansur.  Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. 2009-yil Toshkent. TIU nashriyoti.

[3] Asr surasi 1-3-oyatlar.Shayx Abdulaziz Mansur.  Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. 2009-yil Toshkent. TIU nashriyoti.

[4] Imom Bayhaqiy. Shu'abul-iymon, 4- juz, tilni saqlash bobi 4954- hadis. 1990-yil  Bayrut. Darul kutubil i'lmiyya.  

[5] Imom Bayhaqiy. Shu'abul-iymon, 4- juz, tilni saqlash bobi 4951- hadis. 1990-yil  Bayrut. Darul kutubil i'lmiyya.  

[6] Vahid Abdussalom Boliy, Hifzullisan 8-bet. 1990-yil Makka-i mukarrama. Matobi'ussofa.

[7] Imom Bayhaqiy. Shu'abul-iymon, 4- juz, tilni saqlash bobi 4944- hadis. 1990-yil  Bayrut. Darul kutubil i'lmiyya.  

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ta’ziya

11.02.2026   60   1 min.
Ta’ziya

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idora tizimida ko‘p yillar mehnat qilgan ulamo Rustamjon domla Rahmatullohzodaning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi. 
 
Alloh taolo marhum ulamoni O‘z mag‘firatiga olsin, imonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!

Alloh taolo marhum ustozning din rivoji, Vatan ravnaqi yo‘lida qilgan xizmatlarini husni qabul qilib, barcha solih amallarini sadaqai joriya o‘laroq maqbul aylasin, chekkan dardlarini barcha sahvu xatolariga kafforat qilib, O‘zining rahmatiga olsin.

Ma’lumot o‘rnida, Rustamjon domla Rahmatullohzoda Toshkent Islom institutida tahsil olgan. Marhum ulamo uzoq yillik faoliyati davomida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasida bosh kotib, tarjimon, Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari jome masjidlarida imom-xatib hamda Toshkent Islom instituti, "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurtida o‘qituvchi vazifalarida xizmat qilgan. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhum ulamoning barcha yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering». 

Janoza namozi bugun, 11 fevral kuni peshin namozidan so‘ng "Shayx Zayniddin"  (https://yandex.uz/maps/-/CHRAQUna)(Ko‘kcha) jome masjidida o‘qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

 

Maqolalar