Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir hadisi shariflarida marhamat qilinadiki:
اکثر ما يدخل الناس الجنة تقوی الله و حسن الخلق (راموز الاحاديث: 3/80)
Jannatga doxil qiluvchi sabablarning eng asosiysi – Allohdan qo'rqishdir, taqvodir, muttaqiy, xush axloqli qul bo'lmoqdir.
Inson go'zal axloqli bo'lsa, ishlari yurishadi, insonlar bilan muomala, munosabatlari yaxshi yo'lga qo'yiladi, boshqalarga ham foydasi etadi. Boshqalarning baxtli bo'lishiga sababchi bo'ladi... Yomon axloqli inson esa, boshqalarning xafagarchiliklariga, jamoat tartibining buzilishiga sababchi bo'ladi. Bir qancha kelishmovchiliklar, notinchliklarni yuzaga keltiradi. Alloh Taolo insonni go'zal axloqi tufayli jannatga kirgizadi.
Inson bu go'zal axloqlarni o'rganishi, bilishi shart. Go'zal axloqlarning nomini bilish yaxshi ammo buning o'zi kifoya qilmaydi. Balki, ularni o'rganishi, kasb etishi, amalda tatbiq etishi, o'zlashtirishi lozim!..
Masalan, adolat– odil bo'lish, zolim bo'lmaslik, nohaqlik qilmaslik juda ahamiyatli go'zal axloq turlaridan hisoblanadi. Inson bunga hayotining har lahzasida, har erda amal qilishi lozim. Ayoliga, farzandiga, qo'shnisiga, o'ziga nisbatan, ishda va boshqa har qanday munosabatlarda adolatli bo'lishi kerak. Aksincha, adolatsizlik eng yomon xulqlardandir.
Sabr va sabot ham yaxshi axloq turidandir. Insonga g'am-tashvish keltiruvchi, kayfiyatini, ko'nglini buzuvchi narsalar ham bor, albatta. Lekin gohida ularni ham qilishga majbur bo'ladi. Misol uchun o'quvchi futbol o'ynash bilan dars qilish orasida taraddudlanib qolsa, ya'ni dars qilayotganda do'stlarini ko'rib qolsa, siqiladi, ular bilan o'ynagisi keladi. Ammo dars qilish zarurroq. Buning uchun o'zini qo'lga olishi, sabr qilishi kerak bo'ladi. Dars qilish qiyin, mashaqqatli lekin muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritish uchun fazilatli, etuk inson bo'lish uchun shartdir.
Jangda ham g'alaba qilish uchun sabr shart. Qur'oni Karimda zafar qozonish uchun ikkita shart qo'yilgan:
"Islom va axloq" kitobidan olindi
Ramazon mehr-muruvvat va saxovat oyi ekani O‘zbekistonda yaqqol bilinadi. Yurtingizda muborak Ramazon oyi munosabati bilan o‘tkazilayotgan iftorlik tadbirlari odamlar orasida mehr-oqibat, hamjihatlik va saxovat muhitini yanada mustahkamlayotgani quvonarlidir. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan insonlarga alohida e’tibor qaratilayotgani bu xayrli ishlarga yanada baraka bag‘ishlamoqda.
Xorijlik ustoz sifatida shuni mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchimanki, mamlakat rahbariyati tomonidan Ramazon oyida aholini qo‘llab-quvvatlash, xayriya va iftorliklarni keng yo‘lga qo‘yishga qaratilayotgan tashabbuslar yuksak insonparvarlik namunasidir. Joylarda Prezident tomonidan ajratilgan mablag‘larning o‘z egalariga manzilli yetkazilayotgani, bu borada ochiqlik va adolat tamoyillariga amal qilinayotgani alohida e’tirofga loyiq.
Bunday ezgu ishlar nafaqat ehtiyojmand insonlar qalbiga shodlik ulashmoqda, balki jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, birodarlik va hamjihatlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlamoqda. Ramazon oyining asl ruhi ham aynan shunday — ehson qilish, muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash va savobli amallarda musobaqalashishdir.
Alloh taolo yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha xayrli ishlarga baraka ato etsin, xalqimiz orasidagi mehr-muruvvat va saxovat fazilatlarini yanada ziyoda qilsin.
Doktor Saloh Iso,
Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi