Farg'ona viloyatida informatika fani o'qituvchisi Odinaxon Yo'ldoshevaning olimpiadaga chiqqan barcha o'quvchilari respublika bosqichiga yo'l oldi. Bu haqda Halq ta'limi vazirligi xabar qildi.
Odinaxon Yo'ldosheva – Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani 65- sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internati informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi, xalq ta'limi a'lochisi.
O'qituvchining 9-11-sinflardan olib chiqqan 9 nafar o'quvchisining barchasi viloyat fan olimpiadasida g'oliblikni qo'lga kiritib, Respublika bosqichiga yo'llanma oldi.
«Bunday natijaga erishishida uning o'quvchilari bilan birgalikda tinim bilmay shug'ullanishi va o'z kasbiga sidqidildan yondashishi sabab. Bu yutuq Odinaxon Yo'ldoshevaning boshqa hamkasblariga ham namuna bo'lishiga ishonamiz», – deyiladi vazirlik xabarida.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugundan boshlab Umra dasturi bo‘yicha “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining reyslari orqali Saudiya Arabistoniga olib borilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida Jidda–Toshkent yo‘nalishida repatriatsiya reyslari tashkil etiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aviatsiya rasmiylarining ko‘rsatmasiga binoan, mamlakatimizdagi barcha aviakompaniyalarga keyingi ogohlantirishgacha O‘zbekiston ziyoratchilarini Umra dasturi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga olib borishni to‘xtatib turish vazifasi yuklatildi. Bu cheklov, shu jumladan, “Uzbekistan Airways”ning Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishidagi reyslariga ham taalluqlidir.
"Dunyo" AA