Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Yanvar, 2026   |   19 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:30
Shom
17:15
Xufton
18:33
Bismillah
08 Yanvar, 2026, 19 Rajab, 1447

Ovqatlanishga vaqtini qizg'angan olim

25.01.2021   2001   1 min.
Ovqatlanishga vaqtini qizg'angan olim

Arab tilida: bir narsani qattiq xohlab, unga qiziqishga "haris" deyiladi.

Alloh taolo tarafidan insonga berilgan eng ulkan boylik bu — vaqtdir. Shuning uchun har bir kimsa, vaqtning qay darajada ahamiyat kasb etishini teran anglashi va unga juda ham haris bo'lishi kerak. Chunki o'tayotgan har bir lahza aslo qaytib kelmaydi. Musulmon inson vaqtini dunyo va oxirat uchun foydali amallar bilan to'ldirishi shart. Yo'qsa, erta qiyomatda yuzi qizarib, afsus-nadomatlar ichra qoladi.

Ibn Abu Usoybia hikoya qiladi: Faxriddin Roziy rahmatullohi alayhi aytdilar: "Allohga qasam! Ovqat vaqtida taomlanish bilan band bo'lib, shu vaqtni ilm o'qimasdan o'tkazganimga afsusdaman. Chunki vaqt juda aziz narsadir".

Shundan ma'lumki, oldingi ulamolar qay darajada vaqtini foydali ishlarga sarf etishga haris ekanlari. Qiyomat kunida har bir jon dunyoda berilgan qimmatli vaqtini nimalar bilan o'tkazgani borasida albatta so'raladi.

Alloh taoloning huzurida yuzimiz yorug' bo'lishi uchun hozirdan vaqtimizni yaxshiliklarga sarf etishimiz va foydali ishlar ila mashg'ul bo'lishimiz zarur.

Alloh taolo barchamizni vaqtning qadrini biladigan va uni yaxshiliklar bilan to'ldiruvchi bandalaridan qilsin!

 

Muhammad Yunus Muhammad Muso o'g'li,

Mir Arab Oliy madrasasi talabasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qoraqalpog‘istonda diniy soha vakillari bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi

08.01.2026   719   1 min.
Qoraqalpog‘istonda diniy soha vakillari bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari A.Allaniyazov shahar va tuman bosh imomlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Qoraqalpog‘iston musulmonlari qozisi B. Razov olib borgan tadbirda quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratildi: 
 

  • Islohotlar targ‘iboti: Yurtimizdagi o‘zgarishlarni xalqqa to‘g‘ri yetkazish va tinchlikni asrashda imomlarning o‘rni; 

  • Ma’rifiy islom: Yoshlarga ijtimoiy tarmoqlarda sof islom dini mazmunini va Hanafiy mazhabi ta’limotlarini to‘g‘ri tushuntirish; 

  • Ma’naviy tarbiya: Juma va kundalik namozlarda dolzarb mavzular bo‘yicha manzilli tushuntirish ishlarini olib borish; 

  • Hamjihatlik: Mahallalardagi ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etgan holda, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish. 


Uchrashuv yakunida diniy soha vakillariga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlarga munosib ravishda, xalq farovonligi yo‘lida faol xizmat qilish lozimligi ta’kidlandi. 

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti

 

Qoraqalpog‘istonda diniy soha vakillari bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi Qoraqalpog‘istonda diniy soha vakillari bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi Qoraqalpog‘istonda diniy soha vakillari bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi Qoraqalpog‘istonda diniy soha vakillari bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari