Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Dekabr, 2025   |   18 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:12
Quyosh
07:37
Peshin
12:20
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
09 Dekabr, 2025, 18 Jumadul soni, 1447

Yolg'on (feyk) va noxolis axborot tarqatganlik uchun qanday jazo bor?

19.01.2021   2209   2 min.
Yolg'on (feyk) va noxolis axborot tarqatganlik uchun qanday jazo bor?

Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda aholini sarosima va tashvishga soladigan turli noxolis va yolg'on xabarlar tarqatishga moyil guruhlar paydo bo'lmoqda. Noxolis axborot tarqatuvchilarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar xususida AOKAda o'tkazilgan brifingda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O'rinboyeva batafsil ma'lumot berdi.

Mulozimning ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali ishlab chiqaruvchi yoki raqobatchini obro'sizlantirish yoxud iqtisodiy zarba berish maqsadida asoslanmagan, yolg'on ovozli, foto va videoxabarlarni tarqatish Jinoyat kodeksining 192-moddasida belgilangan javobgarlik bilan jazolanadi.

Tuhmat, ya'ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalarni tarqatganlik uchun Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 40-moddasida hamda Jinoyat kodeksining 139-moddasida javobgarlik belgilangan.

Shuningdek,  yolg'on xabar tarqatganlik uchun fuqaroviy javobgarlik ham mavjud. Hususan, Fuqarolik kodeksining 102(1)-moddasida shaxsning or-nomusi, sha'ni va qadr-qimmati hamda ishchanlik obro'sini haqoratlovchi ma'lumotlarni tarqatish tufayli ma'naviy zarar etkazilgan bo'lsa, etkazuvchining aybidan qat'iy nazar qoplanishi lozimligi  ko'rsatib o'tilgan.

Yolg'on xabarlar tarqalishini oldini olish va uni tarqatgan shaxslarni javobgarlikka tortish maqsadida 2020 yil 25 dekabr' kuni qabul qilingan O'RQ 658-son Qonuni bilan yolg'on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 202 moddasiga ko'ra jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg'on axborotni tarqatish, shu jumladan, OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki bnternet jahon axborot tarmog'ida tarqatish BHMning 50 (11 mln 150 ming so'm) baravaridan 100 (22 mln 300 ming so'm) baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 244 moddasiga muvofiq ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin ham ushbu xatti-harakatlar takror sodir etilsa, BHMning 200 baravarigacha (44 mln 600 ming so'm) miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinib borilayotgan xabarlarni tarqatish, ommaga etkazishda hushyorlikni oshirish, avvalambor xabarning aniqligi va ishonchligini rasmiy manbaalar orqali tekshirib olish tavsiya etiladi.

 

azon.uz

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi

06.12.2025   7306   1 min.
Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyatida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan viloyat imom-xatiblari va noiblari o‘rtasida “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. 

Tanlovda diniy soha xodimlarining huquqiy savodxonligi, Konstitutsiya haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Tanlovda g‘oliblar aniqlanib, ulaga esdalik sovg‘alari hamda Haj va Umraga (guruh rahbari bo‘lib) yo‘llanmalar berildi.

G‘oliblar:
1. Zangiota tumani “Sadr ota” jome masjidi imom-xatibi Izzatillayev Fayzulloh domla Haj;
2. Toshkent tumani “Ayri ota” jome masjidi imom noibi Sultonov Abu Bakr domla Haj;
3. Bo‘stonliq tumani “Mulla Po‘lat ota” jome masjidi imom-xatibi Isomov Nig‘matilla domla Umra;
4. Olmaliq shahar “Hilol” jome masjidi imom noibi Muydinxonov Sayidmuhammadxon domla Umra yo‘llanmasini (guruh rahbari bo‘lib) qo‘lga kiritdi. 

Fursatdan foydalanib, barcha g‘oliblarni samimiy qutlaymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi