
«Masjidul Nabaviyda noyob qo'lyozmalarning doimiy ko'rgazmasi» tadbirining ochilish marosimiga so'nggi bosqich tayyorgarlik jarayoni olib borilmoqda. Bu haqda al ektisadiye sayti xabar berdi.

Unda Masjidul Harom va Masjidul Nabaviy payg'ambar collallohu alayhi vasallamga oid ma'lumotlar e'lon qilinadi. Shuningdek, qadimgi islomiy merosni hujjatlashtirishdan tashqari, Islom dini durdonalari hamda avlodlar uchun arab va Islom g'oyalari aks ettiriladi.

Haramayn va Sharifayn ma'muriyati Masjidul Harom va Masjidul Nabaviyning vakillari bilan o'zaro anglashinuv memorandumida Madinaga mamlakat ichkarisidan va tashqarisidan tashrif buyurishi mumkin bo'lgan ziyoratchilar uchun boshqa ilmiy dasturlarni tayyorladi. Olimlar va mutaxassislarga qo'lyozmalarning butun arab tarixidagi rolini tushuntirib beradigan foydali ma'lumotlar beriladi.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning masjidlaridagi nodir qo'lyozmalarning doimiy ko'rgazmasi ikki muqaddas masjid tarixini yig'ish uchun dastlabki kontekst bo'lib xizmat qiladi. Jumladan, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari, Islom tarixi va turli davrlarda yozilgan Qur'on qo'lyozmalari namoyish etiladi.

Hurshid Ma'ruf tayyorladi
islom.uz
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kuchli mo‘min Alloh taologa kuchsiz mo‘mindan yaxshiroq va mahbubroqdir. Har ikkalasida yaxshilik bor. Senga foyda beradigan narsaga haris bo‘l. Allohdan yordam talab qil. Ojizlik qilma. Agar senga biror musibat yetsa, agar undoq qilganimda, bundoq bo‘lardi, deb aytma. Lekin, Allohning taqdiri, U xohlagan narsa bo‘ladi, degin. Chunki "agar" kalimasi shayton amalini ochadi», dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan