Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Diniy ta’lim muassasalarida “Sahihul Buxoriy” xatmi kutub qilindi

03.12.2025   15227   1 min.
Diniy ta’lim muassasalarida “Sahihul Buxoriy” xatmi kutub qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi Oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalarida Qur’oni karim 521 marta, “Sahihul Buxoriy” 14 ta xatm qilinib, 750 mingdan ziyod istig‘for, 240 mingdan ziyod salavotlar aytildi. Yurtimizdagi masjidlarda o‘qilgan juma va istisqo namozlari ortidan ushbu xatmlar bag‘ishlandi.


Tarixga nazar tashlansa, “Qur’oni karim” xatm qilingani kabi “Sahihi Buxoriy” ham yozilganidan buyon to‘liq o‘qilib, xatm qilinib, undan baraka hosil qilingan. “Sahihi Buxoriy” to‘liq o‘qilib, xatmdan so‘ng qilingan duolar ijobati juda ko‘plab tajribalardan o‘tgan haqiqat. Ulamolar xatmni juma kuni tugatishni mo‘ljallab, bir necha kunda xatm qilib o‘tkazishgan.


“Oltin silsila”da aytilishicha, mo‘g‘ullar istilosiga qarshi masjidlarda “Sahihi Buxoriy” o‘qitilgan. Kitobning xatmi yakunlanib, oxiriga yetgan kundan boshlab mo‘g‘ul qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchray boshlagan. 
Vabo tarqalish xavfi bo‘lganida, o‘latga qarshi ham “Sahihi Buxoriy” kitobi xatm qilingan. 


Mag‘ribda ulamolar har rajab oyi boshlanishi bilanoq “Sahihi Buxoriy”ni o‘qishib, uni ramazonning yigirma yettinchi kechasi xatm qilishgan. Hindiston va Pokistonda esa mavlid oyida “Sahihi Buxoriy”ni o‘qib tugatish an’anasi hozir ham bor.
Shuningdek, mamlakatimiz bo‘ylab 500 ga yaqin jonliq so‘yilib, besh mingdan ziyod ehtiyojmand xonadonlarga xayr-ehsonlar tarqatildi.


Alloh taolodan yolvorib so‘raymizki, yuqorida aytib o‘tilgan Qur’oni karim va “Sahihi Buxoriy” xatmlari, qilingan qurbonliklar, aytilgan istig‘for va iltijolarni qabul etib, yurtimizga yog‘ingarchiliklarini ko‘p qilib bersin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Diniy ta’lim muassasalarida “Sahihul Buxoriy” xatmi kutub qilindi Diniy ta’lim muassasalarida “Sahihul Buxoriy” xatmi kutub qilindi Diniy ta’lim muassasalarida “Sahihul Buxoriy” xatmi kutub qilindi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   7715   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari