Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Noyabr, 2025   |   6 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:25
Peshin
12:16
Asr
15:15
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
27 Noyabr, 2025, 6 Jumadul soni, 1447

Musobaqada hafta g'oliblari aniqlandi

15.01.2021   1615   1 min.
Musobaqada hafta g'oliblari aniqlandi

Oldin xabar berganimizdek, AzonTV ilmiy-ma'rifiy onlayn telekanalida yurtimizning mohir qorilaridan biri, marhum ustoz Zayniddin qori Muhammad Yusuf xotiralariga bag'ishlangan Qur'on musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Ayni paytda “Qur'oni Karim musobaqasi 1442” tanlovining hifz va tilovot yo'nalishi bo'yicha qorilarning bellashuvi juda qizg'in kechmoqda. Jumladan, hifz yo'nalishidagi qorilarning Qur'oni karimni mukammal yod olgani, tilovat yo'nalishidagilarning mahorati bahslarning yanada qizg'in va hayajonga boy bo'lishini ta'minlamoqda.

Alloh taolo marhamat qiladi: “Va Qur'onni tartil bilan tilovat qil” (Muzzammil surasi 4-oyat). Sharh: Qur'onni tartil bilan o'qish deb uni dona-dona qilib, har bir harfini o'z o'rnidan chiqarib, oyatlarini alohida-alohida qilib, tajvid qoidalari asosida o'qishga aytiladi.

Qur'onni tartil bilan o'qishga bo'lgan farmoni ilohiy barcha mo'min musulmonlarga ommaviy farmondir. Muhammad alayhissalomga farishta Jabroil alayhissalom Qur'onni tartil bilan o'qib berganlar. O'z navbatida Payg'ambar alayhissalom ummatlariga tartil bilan o'qib berganlar.

Musulmon ummati esa avloddan avlodga o'z Payg'ambaridan qandoq qilib olgan bo'lsa, shundoq o'tkazib kelmoqda. Qorilarimiz Qur'on qiroati qoidalarini tartibga solib kitoblar qilishgan. Bu qoidalarni bilish har bir musulmon uchun zarur. Shuning uchun har bir musulmon tajvid qoidalari bo'yicha bir kitob o'qimog'i, Qur'on tilovatini tajvid ilmiga ega bo'lgan qorilardan o'rganmog'i lozim.

Qur'on musobaqasini quyidagi manzillarda tomosha qilishingiz mumkin:
youtube

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Xuftondan oldin o‘qiladigan nafl namoz

26.11.2025   1043   1 min.
Xuftondan oldin o‘qiladigan nafl namoz

Savol: “Muxtasarul viqoya” kitobida asr va xufton namozlaridan oldin to‘rt rakat namoz o‘qish mustahabdir”, deyilgan ekan. Bu gapning dalili bormi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Hanafiy mazhabida yoritilgan masalalar, xususan, ibodatga oid masalalarning dalillari bor. Buni ayrim manbalar zikr qilgan bo‘lsa, “Muxtasarul viqoya” kabi ixcham shaklda yozilgan kitoblar keltirmagan.

Muxtasarul viqoya kitobini sharhlagan olimlardan biri Mulla Ali Qori rahimahulloh ibora ostida quyidagi hadisni zikr qilganlar:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kim xuftondan oldin to‘rt rakat (nafl) namoz o‘qisa, go‘yoki o‘sha kechasini tahajjud bilan o‘tkazgandek bo‘ladi. Kim ularni xuftondan keyin o‘qisa, go‘yoki qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazgandek (savobga ega) bo‘ladi, dedilar”.

Said ibn Mansur rahimahulloh mazkur hadisni “Sunan”ida rivoyat qilgan. Imom Nasoiy rahimahulloh uni Ka’b roziyallohu anhu so‘zlaridan, imom Bayhaqiy esa Oisha roziyallohu anho so‘zlaridan rivoyat qilgan. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi