Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Noyabr, 2025   |   6 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:25
Peshin
12:16
Asr
15:15
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
27 Noyabr, 2025, 6 Jumadul soni, 1447

Musobaqada hafta g'oliblari aniqlandi

15.01.2021   1637   1 min.
Musobaqada hafta g'oliblari aniqlandi

Oldin xabar berganimizdek, AzonTV ilmiy-ma'rifiy onlayn telekanalida yurtimizning mohir qorilaridan biri, marhum ustoz Zayniddin qori Muhammad Yusuf xotiralariga bag'ishlangan Qur'on musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Ayni paytda “Qur'oni Karim musobaqasi 1442” tanlovining hifz va tilovot yo'nalishi bo'yicha qorilarning bellashuvi juda qizg'in kechmoqda. Jumladan, hifz yo'nalishidagi qorilarning Qur'oni karimni mukammal yod olgani, tilovat yo'nalishidagilarning mahorati bahslarning yanada qizg'in va hayajonga boy bo'lishini ta'minlamoqda.

Alloh taolo marhamat qiladi: “Va Qur'onni tartil bilan tilovat qil” (Muzzammil surasi 4-oyat). Sharh: Qur'onni tartil bilan o'qish deb uni dona-dona qilib, har bir harfini o'z o'rnidan chiqarib, oyatlarini alohida-alohida qilib, tajvid qoidalari asosida o'qishga aytiladi.

Qur'onni tartil bilan o'qishga bo'lgan farmoni ilohiy barcha mo'min musulmonlarga ommaviy farmondir. Muhammad alayhissalomga farishta Jabroil alayhissalom Qur'onni tartil bilan o'qib berganlar. O'z navbatida Payg'ambar alayhissalom ummatlariga tartil bilan o'qib berganlar.

Musulmon ummati esa avloddan avlodga o'z Payg'ambaridan qandoq qilib olgan bo'lsa, shundoq o'tkazib kelmoqda. Qorilarimiz Qur'on qiroati qoidalarini tartibga solib kitoblar qilishgan. Bu qoidalarni bilish har bir musulmon uchun zarur. Shuning uchun har bir musulmon tajvid qoidalari bo'yicha bir kitob o'qimog'i, Qur'on tilovatini tajvid ilmiga ega bo'lgan qorilardan o'rganmog'i lozim.

Qur'on musobaqasini quyidagi manzillarda tomosha qilishingiz mumkin:
youtube

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Qiyomatda shunday kunlar keladiki

26.11.2025   975   1 min.
Qiyomatda shunday kunlar keladiki

Bismillahir Rohmanir Rohiym

حدثنا أبو جعفر محمد بن علي الوراق نا عبيد الله بن موسى نا الأعمش عن شقيق قال: كنت مع عبد الله في المسجد وأبي موسى فقالا: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم :إن بين يدي الساعة أياما ينزل فيها الجهل ويرفع فيها العلم ويكثر فيها الهرج. والهرج: القتل.

 

Shaqiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Masjidda Abdulloh va Abu Muso bilan birga edim, ular bunday dedi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Qiyomat arafasida shunday kunlar keladiki, unda jaholat yoyilib, ilm ko‘tariladi va harj ko‘payadi. Harjqatl”, deganlar”.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi