Islom dinida shariatga zid bo'lmagan har qanday kasb-hunar, har qanday soha vakili qadrlanadi. Jamiyat rivoji, aholi farovonligi uchun qilingan zarra amal ham e'tirofsiz, mukofotsiz qolmaydi. Balki har qanday yaxshi amal rag'batlantiriladi. Bu haqda Qur'oni karimda bnday deyiladi: “Kim bir yaxshilik qilsa, unga o'n barobar qaytarilur…” (An'om surasi, 160-oyat).
Oyatdan ma'lumki, Alloh taolo kim qaysi soha va qaysi yo'nalishda bo'lishidan qat'i nazar, bir yaxshi amal qilgan kishini o'n barobar mukofot bilan taqdirlashi nafaqat xizmatni taqdirlash, balki rag'batlantirish hamdir. Bunday misollar Qur'oni karim va hadisi shariflarda ko'p uchraydi.
Mukofoti ulug' va e'tiborga sazovor amallardan biri bu – Vatanni qo'riqlash, uni turli g'arazli kimsalarning yurt va kishilar xotirjamligiga solmoqchi bo'lgan raxnalaridan ogoh bo'lib turishdir. Bu haqda Muoviya ibn Hayda roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar: “Uch (toifa kishilarning) ko'zlari jahannamni ko'rmaydi: Alloh yo'lida qo'riqchilik qilgan ko'z, (Allohdan) qo'rqqani tufayli yig'lagan ko'z va Alloh harom qilgan narsalar (ya'ni, nomahramlarga nazar solish)dan tiyilgan ko'z”(Imom Tabaroniy rivoyati).
Bu uch toifa insonga Alloh taolo tarafidan eng katta mukofot va taqdir beriladi. Ulardan dastlabkisi “Alloh yo'lida qo'riqchilik qilgan ko'z…” deya xoh chegarada, xoh yurt ichida bo'lsin Vatanni va ushbu diyorda yashayotgan insonlar xotirjamligi yo'lida bedor bo'lgan kishi zikr qilinmoqda. Demak, Allohning roziligi uchun vatan himoyasida qo'riqchilik qilish nihoyatda xayrli amaldir.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalarga: “Sizlarni Alloh xatolarni ŭchiradigan, darajalarni kŭtaradigan narsaga dalolat qilaĭigmi?” dedilar. Ular: “Albatta, eĭ Allohning Rasuli”, deĭishdi. U zot: “Qiĭinchiliklarga qaramaĭ, yaxshilab tahorat olib, masjidlarga uzoq yo'ldan borish va namozdan sŭng (keyingi) namozni intizor bŭlib kutish. Ana ŭsha siz uchun “murobitlik”dir”, dedilar» (Imom Muslim, Imom Termiziĭ va Imom Nasoiĭlar rivoyati).
Islomda musulmonlarni dushmanlar hujumidan himoya qilish uchun shaĭ bŭlib, chegarani qŭriqlab turgan odam “murobit” deĭiladi. Hadisda mazkur amallarni ado etish uchun havoĭi nafslarini jilovlab turganlari sababidan “murobit” deb atalmoqda. Ular ham chegarada vatan himoyasiga shaĭ turgan murobitga ŭxshatilmoqda.
Demak, “murobit”, ya'ni, mo'minlarni himoyasi uchun chegarada turgan kishilarning xatolari kechiriladi va darajalari ko'tariladi. Qolaversa, bu amalning qiymati va fazilati ulug'ligidan “Qiĭinchiliklarga qaramaĭ, yaxshilab tahorat olib, masjidlarga uzoq yo'ldan borish va namozdan sŭng (keyingi) namozni intizor bŭlib kutish”ning savobi ham aynan ushbu amalga beriladigan ajrlarga tenglashtirilmoqda.
Har bir musulmon kishi o'zi yashab turgan yurt himoyasi uchun, mo'minlarning xotirjamligi uchun hissa qo'shishi lozim.
So'zimiz so'ngida 14 yanvar' – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimiz sarhadlarida yigitlik burchini sharaf bilan o'tayotgan askarlarimiz, chegarachilarimiz va fidoyi o'g'lolarimizni samimiy tabriklaymiz. Mashaqqatli va sharafli xizmatlari uchun Alloh taolo ularga bitmas ajrlar, mukofotlar ato etsin.
Yorbek ISLOMOV,
Olmazor tumanidagi “Mevazor” jome masjidi imom noibi
Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, farzandlar emin-erkin kamolga erishadi, oqibatda, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish ro‘y beradi. Demak, dunyoda hayotning bir maromda davom etishi, xalqning Haq taolo buyurgan ishlarini mukammal va xotirjam ado etishlari uchun tinchlik va osoyishtalik lozim. Yaratgan Parvardigor Qur’oni karimda ana shu tinchlikni saqlash va qadrlash vazifasini inson zimmasiga yuklab, Islom dini tinchlikka targ‘ib qilishini, shaytoniy yo‘llarga ergashmaslik lozimligini ta’kidlagan: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir” (Baqara, 208 oyat).
Tinchlik Alloh taolo butun insoniyatga in’om etgan eng ulug‘ ne’matdir. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam tinchlik va xotirjamlik haqida Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda bunday deganlar: “Tinchlik va xotirjamlik ikki ulug‘ ne’matdirki, bundan ko‘p odamlar bebahradirlar” Shunday ekan, insonlar nafaqat mavjud tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado etishlari, balki unga noshukrlik qilib putur yetkazishdan ham saqlanishlari lozim.
Alloh taolo O‘zining fazlu karami ila inson zotini aql va idrok sohibi qilib yaratdi va unga behisob ne’matlarni ato qildi. Shu bilan birga bergan ne’matlariga shukr aytishga ham buyurib, muborak kalomida shukr qiluvchilarga ne’matlarini yanada ziyoda qilish va’da qildi:
Alloh taolo Quroni karimda shunday marhamat qiladi: “Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukrchilik qilsangiz, albatta, azobim juda qattiqdir” (Ibrohim surasi 7-oyat). Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga biror xursandchilik ish bo‘lsa yoki xabar berishsa Allohga shukr qilib sajda qilar edilar. Demak, Parvardigorimiz biz bandalarga bergan tansihatlik, farovonlik, baxtu saodat, tinchlik va osoyishtalik kabi ulug‘ ne’matlarga shukr aytsak, qadriga yetsak – Alloh buni ne’matni bardavom etadi.
Shunday ekan, Yaratgandan bir-birimizga tinchlik, amniyat, xotirjamlik tilaylik! Alloh taolo tinchlik-osoyishtaligimizni hamisha barqaror aylasin. Yurtimizni tinch, mehnatsevar xalqimiz hayotini farovon aylasin!
Abdulbosit Xamdamov, Yangi Namangan tumani
"Usmon Zunnuroyn" jome masjidi imom xatibi
Manba: @SOFTALIMOTLAR