O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti bosh otinoyisi Tamara Do'simbetovaga padari buzrukvorining vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhum otaxonni O'z mag'firatiga olsin! G'ariqi rahmat, shoistai jannat, oxiratlarini obod qilsin! Barcha yaqinlariga sabru jamil ato aylab, ajru mukofotlarini ko'paytirib bersin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari, o'qituvchi-mudarrislari va otinoyilar nomidan marhum otaxonning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
matbuot xizmati
Shayx Saloh Abulhoj