Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Fevral, 2026   |   24 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:03
Quyosh
07:22
Peshin
12:42
Asr
16:11
Shom
17:57
Xufton
19:10
Bismillah
12 Fevral, 2026, 24 Sha`bon, 1447

Is gazidan zaharlanishning 6 sababi

08.01.2021   2754   4 min.
Is gazidan zaharlanishning 6 sababi

Qish kelishi bilan yurtimizda is gazidan zaharlanish va buning oqibatida fuqarolarimizning hayotdan ko'z yumishi bilan bog'liq holatlar tez-tez uchrab turadi. Ho'sh, bunday achinarli holatlarning oldini olish uchun nimalarga e'tibor qaratish kerak? O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKAda bo'lib o'tgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas'ul xodimi Samandar Hikmatullayev ana shu masalaga to'xtalib o'tdi.

“Is gazi — rangsiz, hidsiz, ko'p uchraydigan zaharli birikma — tabiiy gaz, yoqilg'i, ko'mir, o'tin cho'g'lari to'liq yonmasligi yoki chala yonishi oqibatida vujudga keladi.

Tahlillarga ko'ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko'ra yuzaga kelmoqda:

- fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg'i (ko'mir, o'tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;

- nostandart (qo'lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo'lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;

- isitish pechlarining dudburonlarini noto'g'ri o'rnatish;

- gaz yoki boshqa muqobil yoqilg'iga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;

- havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko'mir va o'tin cho'g'lari)dan foydalanish;

- havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to'sib) qo'yish...”

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas'ul xodimi Samandar Hikmatullayev is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun xavfsizlik qoidalariga ham amal qilish lozimligini aytib o'tdi.

«Kuz-qish mavsumida yuz berishi mumkin bo'lgan yong'in, havo-gaz aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishingizni so'rab qolamiz:

Tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

Elektr xo'jaligida ortiqcha yuklanish va elektr simlarning qisqa tutashuvidan sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yong'inlarning oldini olish lozimligi sababli sifat sertifikatiga ega himoya saqlagichlaridan (avtomatlardan) foydalaning;

Isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o'rnatilishi bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishing;

Isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

Gaz va elektr isitish moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmang;

Gaz ta'minoti idoralari mutaxassislarini jalb etgan holda, gaz jihozlarini taftishdan o'tkazib, ularga texnik xizmat ko'rsatilishini tashkil eting;

Gaz uskunalarini ulash bo'yicha tartib-qoidalarga rioya qiling;

Yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang;

Gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari (gazning o'chib, qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama) orqali foydalaning va ularning doimiy sozligiga e'tibor bering».

Umr – g'animat. Yuqoridagi sabablarga diqqat qilsak, o'zimizni, oila a'zolarimizni, yaqinlarimizni ko'rinmas yovdan asragan bo'lamiz. Zero, beparvolikdan kattaroq yov bo'lmasa kerak...

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ramazon tuhfalari chekka hududlarga ham yetib bormoqda

11.02.2026   1383   1 min.
Ramazon tuhfalari chekka hududlarga ham yetib bormoqda

"Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon nomidagi ko‘mak va xayriya ishlari markazi hadya qilgan oziq-ovqat mahsulotlari yurtimizning eng chekka hududlaridagi ehtiyojmand oilalarga yetkazilmoqda.
 

Xususan, fondning Farg‘ona viloyati filiali xodimlari va ko‘ngillilari anklav hududlar — Shohimardon, Yordon mahallalari, So‘x tumani hamda Rishton tumanining Cho‘ng‘ora qishlog‘ida bo‘lishdi. Mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj 410 ta oilaga Ramazon sovg‘alari topshirildi.


Alloh ushbu saxovat tadbirlarida jonbozlik ko‘rsatayotganlar, xorijiy hamkorlar va barcha homiylardan rozi bo‘lsin! 

Vaqf.uz

Ramazon tuhfalari chekka hududlarga ham yetib bormoqda Ramazon tuhfalari chekka hududlarga ham yetib bormoqda Ramazon tuhfalari chekka hududlarga ham yetib bormoqda Ramazon tuhfalari chekka hududlarga ham yetib bormoqda
O'zbekiston yangiliklari