Eron Madaniyat vazirligi shu oy oxirida Qur'onning virtual ko'rgazmasini tashkil etadi. Vazirlik vakili Murtazo Hedmatkaraning so'zlariga ko'ra, seshanba kuni ko'rgazmani tashkil etish tafsilotlarini muhokama qilish uchun uchrashuv bo'lib o'tdi. Virtual ko'rgazma 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilingan Tehron xalqaro Qur'on ko'rgazmasi o'rnini egallaydi.
Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, tadbir har yili Eron Madaniyat vazirligi tomonidan Muqaddas Ramazon oyi davomida o'tkaziladi, biroq o'tgan yili pandemiya tufayli bekor qilindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati