Boqmas jahon sovuq so'z, Shilqim, yuzsiz baxilga, Yoqimli bo'l, xushxulq bo'l, Qolsin noming ko'p yilga.
Mahmud Qoshg'ariy
***
Nafs dushmandurur yaqin bilgil, Do'stum bu so'zumni chin bilgil.
Zahiriddin Muhammad Bobur
***
Inson har doim quvnoq, hushchaqchaq bo'lishi va baxtiyor yashamog'i lozim.
Abu Nasr Farobiy
***
Hech qachon uch narsani qila ko'rma:
Hikmatlar bo'stonidan
***
Yashab qolish uchun qo'rqoq va sotqinlikni tanlama. Erkak bo'lib qol! Yo g'olib bo'lasan yoki mard ketasan.
Tarix muhrlagan so'zlar
***
Tanganing ikki tomoni bor deyishadi. Aslida tanganing tomonlari ko'p... Bu tafakkurga bog'liq.
Ustozlar o'gitidan
***
Beli yara otning boshiga tushgan ish sog'lom otga oson kurinadi.
***
Tinch yashashni istasang, pastkash odam bilan do'stlik ham dushmanchilik ham qilma.
Husayn Sayfulloh
***
Haddingni bilmasang hayotingni barbod qilasan. Huquqingni bilmasang hayotingni barbod qilishadi.
Sayyid Abror Umar
***
Yaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo'lmaganda edi, har kim o'z istagan yoki orzu qilgan va yoki o'zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o'z oldiga maqsad qilib qo'ymagan bo'lardi.
Abu Ali ibn Sino
***
Tog'ning ulug'ligini tasavvur qilmoq uchun undan uzoqlashish kerak bo'lganidek, buyuk tarixiy voqealarning haybatini rostmana his etish uchun ma'lum vaqt masofasi lozim bo'ladi.
Erkin Vohidov
***
Hassa zarbi uzoq turmayin ketar,
Tildan etgan zarba bir umrga etar!
Ibn Kamolposhsho
***
Do'st tutmoq oson, rioya qilmog'i qiyin, Dushman bo'lmoq oson, yarashmog'i qiyin.
Yusuf Hos Hojib
***
Mazlumning duosidan (duoibadidan) qo'rqinglar. Chunki u (duo) oq bulut ustiga chiqariladi (va Alloh huzuriga etkaziladi). Alloh taolo deydi:
– Ulug'ligim va qudratim bilan qasam ichaman, albatta, birozdan so'ng bo'lsa ham senga (mazlumga) madad beraman.
Hadis
***
“Nopok xotinlar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar nopok xotinlar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir. Ana o'shalar u (bo'htonchi)lar aytayotgan narsalardan poklangandirlar. Ularga mag'firat va go'zal rizq bordir”.
“Nur surasi 26 oyat”
***
Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov boshchiligida Diniy idoraning bir guruh vakillari Qatar davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Qatar mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda qatnashdi.
O‘zbekiston va Qatar xalqlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi tarixiy-madaniy rishtalar bugungi kunda keng ko‘lamli va uzoq muddatli aloqalarning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al Soniy sa’y-harakatlari bilan so‘nggi yillarda Qatar Davlati keng qamrovli taraqqiyot borasida sifat jihatdan ulkan o‘zgarishlarga erishdi hamda strategik rejalashtirish va zamonaviy iqtisodiy boshqaruv sohalarida o‘rnak bo‘ladigan mamlakatga aylandi.
Bu yilgi bayramni Qatar davlati va uning fuqarolari "Qatar sizlar bilan yuksaladi va sizlardan kutadi" shiori ostida nishonlamoqda. Bu shior ham Qatar davlati amirining so‘zlaridan olingan. Qatar Milliy 2030 Rivojlanish Strategiyasi esa insonni taraqqiyot markaziga qo‘yib, uni oliy maqsad sifatida belgilagan.
Eslatib o‘tamiz, sal oldinroq Qatar elchixonasi tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga bir qator kitoblar sovg‘a qilingan, o‘z navbatida mehmonlarga Markaz tomonidan Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasi tuhfa etilgan edi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati