Savol: Zakot kimlarga beriladi va kimlarga berilmaydi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Zakot kimga berilishi haqida Qur'oni karimda bunday deyiladi: “Albatta, sadaqalarni faqat faqirlar, miskinlar, unda (sadaqa ishida) ishlovchilar, dillari oshna qilinuvchi (kofir)lar, (pul to'lab ozod etiluvchi) qullar, qarzdorlarga va Alloh yo'lida hamda yo'lovchiga (musofirga berish) Alloh (tomoni)dan farz (etildi). Alloh ilmli va hikmatli zotdir”(Tavba surasi, 60-oyat).
Demak, zakot beriladigan 8 ta toifa insonlar bor:
Yuqorida sanab o'tilganlardan “dillari Islomga oshno qilinuvchilar” hazrati Umar roziyallohu anhu davrida zakot beriladiganlar qatoridan chiqarilgan. Quldorlik tugatilgani sababli “mukotab qullar” bugungi kunda mavjud emas.
Zakot berishni, haqli bo'lishsa, aka-uka, opa-singil va ularning farzandlari, amaki-amma va ularning farzandlari, tog'a-xola va ularning farzandlaridan boshlash afzaldir.
Kimlarga zakot berilmaydi:
Shariatimizga ko'ra quyidagilarga zakot berilmaydi:
O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global o‘zgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda "O‘zbekiston – 2030" strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.
Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, "Fikr qoldirish" tugmasi orqali o‘z taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.
Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing!
https://uzbekistan2030.uz/uz-Cyrl/muhokama