Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qachon biringiz masjidga kirsa, o'tirishdan oldin ikki rakat namoz o'qisin", dedilar (Beshovlari rivoyat qilgan).
Hanafiy mazhabida imom xutba o'qiyotgan bo'lsa tahiyyati masjid o'qilmaydi.
Masjidga kirganda biror uzr bilan tahiyyati masjid namozini o'qiy olmasa, "Subhanallohi valhamdulillahi va laa ilaha illallohu vallohu akbar"ni aytsa kifoya qiladi.
Qarang, bu juda ham oson, ammo savobi ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, jannatga etkazuvchi bo'lgan amaldir. Lekin dangasaligimiz, beparvoligimiz oqibatida bunga e'tibor bermaymiz, amal qilmaymiz. Ko'pchiligimiz hatto bilmaymiz ham. Avval bilmasak, endi bilib oldik. Endi bilganimizga amal qilaylik va boshqalarga ham etkazaylik.
Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yoyilishiga xizmat qilish u zotga bo'lgan muhabbat va ehtiromning yuksak namunasi hisoblanadi. U zot sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini aniqlik bilan etkazganlarning haqqiga: “Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so'ngra etkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin”, deb duo qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Alloh taolo barchamizga har bir ishda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishimizga tavfiq ato etsin, omiyn!
Allohumma solli va sallim 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad
Davron NURMUHAMMAD
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi hamda Sirdaryo viloyat hokimligi hamkorligida viloyatimizda xizmat qilayotgan imom-xatib va imom-noiblarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, o‘zaro jamoaviy hamjihatlik va hamkorlik ruhini mustahkamlash maqsadida 2026 yil 24 yanvar kuni voleybol, stol tennisi hamda shaxmat-shashka yo‘nalishlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Ushbu sport bellashuvlarida viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan imom-xatib va imom-noiblar faol ishtirok etdilar. Musobaqalar do‘stona muhitda, yuqori sport ruhida o‘tib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va iliq taassurotlar ulashdi.
Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Sirdaryo viloyati vakilligi Matbuot xizmati