Maqolalar
Sukut saqlashning 703 ta eng muhim foydasi (5-qism)
27.01.2026
985
8 min.
1-qism, 2-qism, 3-qism, 4-qism
faqat ASOSIYLARIni sanab o‘tamiz
ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
SUKUT saqlashning
703 ta eng muhim XISLATI (faqat ASOSIYLARI)
- Sukut — TILNING QALQONI.
- Sukunat til gunohlaridan saqlaydi.
- Qulf — eshik uchun, sukut — til uchun.
- Ortiqcha so‘z — ko‘p gunohning eshigi.
- Tilga eng yaxshi tarbiyachi — sukut.
- Sukunat — tilni tozalovchi omil.
- Xatoli qarordan asraydi.
- Har bir gapning o‘rni borligini anglatadi.
- Insonni haddan tashqari gaplardan saqlaydi.
- Shoshmaslikni o‘rgatadi.
- Ortiqcha so‘zdan asraydi.
- So‘zning qudratini his qildiradi.
- So‘zga qiymat beradi.
- Yaxshi o‘ylashga sharoit yaratadi.
- Farosatni kuchaytiradi.
- Ortiqcha ehtiroslarni tartibga soladi.
- Mulohaza qilishni o‘rgatadi.
- So‘z va amalni birlashtiradi.
- Sukut — NIZOLARNING YECHIMI.
- Janjalni sukut o‘chiradi.
- Sukunat — totuvlik kaliti.
- G‘iybatdan sukut bilan qochiladi.
- Sukunat — har bir nizoning eng yaxshi yechimi.
- Sukut — GUNOHDAN SAQLOVCHI QALQON.
- Sukut til gunohlarini kamaytiradi.
- Sukut behuda gapdan asraydi.
- Sukut — nojo‘yalikdan uzoqlashtiradi.
- Sukut — tilni poklaydi.
- Sukut — taqvoga yetaklaydi.
- Qiyinchiliksiz ibodat.
- Gunohdan asraydi.
- Tafakkurni kuchaytiradi.
- Zikrga sharoit yaratadi.
- Niyatni tozalaydi.
- Sukunat ibodatni samimiy qiladi.
- Bilimsizlik ayblaridan to‘siq.
- Sukut — havo va hasadga qarshi.
- Ko‘p so‘z hasadni qo‘zg‘aydi, sukut uni o‘chiradi.
- Sukunat nafsni tarbiyalaydi.
- Sukunat — ichki poklik.
- Sukunat — hasadga qarshi qalqon.
Sukutning RUHIY FAZILATLARI:
- Sukut — qalbning oromgohidir.
- Sukut — ruhni poklaydi.
- Sukut — g‘ashlikni ketkazadi.
- Sukut — fikrni sokinlashtiradi.
- Sukut — munosiblikka yetaklaydi.
- Sukut — ruhiy quvvat manbai.
- Sukut — ehtirom belgisi.
- Sukut — hayotni chuqur anglashga yordam.
- Sukut — shoshma-shosharlikda qalqon.
- Sukut — qalb ravshani.
- Sukut — RUHIY BAQUVVATLIKNING BЕLGISI.
- Sukut his-tuyg‘ularni boshqaradi.
- Sukut qahru-g‘azabni nazorat qiladi.
- Sukut irodani mustahkamlaydi.
- Sukut — botiniy kuch.
- Sukut — qalbning ozuqasi.
- Sukut — RUHIY POKLIK VA ILOHIY YAQINLIK.
- Sukut ibodatni mukammal qiladi.
- Sukut — zikrga tayyorlov.
- Sukut — qalbni Parvardigori olamga yaqinlashtiradi.
- Sukut — ruhning soflashuvi.
- Sukut — imon va ixlosning nishoni.
- Sukut — taqvo ramzi.
- Sukut — ixlosning isboti.
- Zikrga kuch sukutdan keladi.
- Sukunat — imonning suyanchig‘i.
- Gap foydasiz bo‘lsa — sukut buyuk ibodat.
RUHIY FOYDALAR:
- Ichki xotirjamlikni oshiradi.
- Asabni tinchlantiradi.
- Qalbni yengil qiladi.
- Ruxiy iztirobni kamaytiradi.
- Vahimani pasaytiradi.
- Qo‘rquvni nazorat qiladi.
- Ichki muvozanat yaratadi.
- Sabrni mustahkamlaydi.
- G‘azabni bosadi.
- Sukunat insonda bardosh tuyg‘usini kuchaytiradi.
- Norozilikni kamaytiradi.
- Havas va hasadni so‘ndiradi.
- Ruhiy xastaliklarni yengillashtiradi.
- Hadikni bartaraf qiladi.
- O‘z-o‘zini nazorat qilib borishni kuchaytiradi.
- Qalb tozaligiga xizmat qiladi.
- Fazilatli xislatlarni uyg‘otadi.
- Ixlosni oshiradi.
- Qalbda ortiqcha g‘ovurni yo‘q qiladi.
- Tavakkulni mustaxkamlaydi.
- Imonni mustahkamlashga yordam beradi.
- Go‘zal xulqni charxlaydi.
- Befoyda xayollarni kamaytiradi.
- Vujudga yengillik baxsh etadi.
- Ichki quvvatni tiklaydi.
- Yo‘qotilgan ruhiy resurslarni to‘ldiradi.
- Salbiy emotsiyalarni yuvib tashlaydi.
- Ildam otilishdan saqlaydi.
- Ichki gaplar yukini yengil qiladi.
- Baquvvat ruhiy energiyaga sabab bo‘ladi.
- Befoyda ehtiroslarni so‘ndiradi.
- Ichki quvvatni boshqarishga o‘rgatadi.
- Og‘riq hissini yengillashtiradi.
- Ruxiy chorasizlikni pasaytiradi.
- Sevimli ishlarga motivatsiyani oshiradi.
- Hovliqmaslikni o‘rgatadi.
- Ichki totuvlikni paydo qiladi.
- Qanoatni oshiradi.
- Bandlikni qisqartiradi.
- Uyat tuyg‘usini qo‘llab-quvvatlaydi.
- To‘siqsiz qo‘rg‘on.
- Sukunat insonni ruhan baquvvat qiladi.
DONOLARNING HIKMATLI XULOSALARI:
- Sukut — donolik kaliti.
- Sukut — qalb va aqlni uyg‘unlashtiradi.
- Sukut — hayotdagi har lahzani qadrlash imkoni.
- Sukut — fikr va xulqni tartibga soladi.
- Sukut — bahs va ziddiyatlarni tinch qiladi.
- Qulf — eshik uchun, sukut — til uchun.
- Sukut — insonga sabr va o‘zaro hurmatni o‘rgatadi.
- Sukut — ruhiy tinchlik va energiya manbai.
- Sukut — fikrlarni chuqur anglashga yordam beradi.
- Sukut — falsafaning cho‘qqisi.
- Sukut — odob va madaniyatning ajralmas qismi.
- Sukut — hayotdagi xayol va amalni uyg‘unlashtiradi.
- Sukut — so‘zsiz ham ta’sir ko‘rsatadi.
- Sukut — tafakkur va his-tuyg‘ularni uyg‘unlashtiradi.
- Sukut — shoshma-shosharlikdan qalqon.
- Sukut — bahsda g‘alaba hamda ehtirom ramzi.
- Sukut — insonning ichki qudrati va zehnini boyitadi.
- Sukut — ortiqcha gapdan va xayoldan asraydi.
- Sukut — oila va jamiyatda barqarorlikka yordam.
- Sukut — hayotdagi sinovlardan omon qolish kaliti.
- Sukut — har daqiqada hikmat va ma’no uyg‘otadi.
- Sukut — yuksak xulosa.
- Sukut — insonning eng oddiy, eng qimmat xislati.
- Sukut — insonni inson qiladigan sifatlardan biri.
- Sukut — har bir so‘zning qiymatini ko‘rsatadi.
- Sukut — qalbga olib boruvchi yo‘l.
- Sukut — insofning hamrohi.
- Sukut — haqiqiy donolik va baxt belgisi.
- Sukut — donolik qasrining eshigi.
- Aql ravshan bo‘ladi. Ortiqcha gapdan qochgan insonning fikri tozalanadi, aqli yig‘iladi.
- Qalb xotirjam bo‘ladi. Sukut insonni ichki tinchlikka olib boradi, asablarni tinchlantiradi.
- Xatolar kamayadi. Ko‘p gapda ko‘p xato bo‘ladi. Kam gapirgan odam kam adashadi.
- Hikmat eshitishga yordam beradi. Sukut qilgan inson yaxshi eshitadi, yaxshi eshitgan odam esa yaxshi anglaydi.
- Odob va kamtarlik belgisi. Sukut ‒ aql, odob, vazminlik va kamtarlikning alomati.
- Munosabatlarni yaxshilaydi. Sukut ayrim hollarda nizolarni oldini oladi, ehtiromni oshiradi.
- Gunohdan asraydi. Til gunohlarining ko‘pi ortiqcha va befoyda gapdan keladi. Sukut esa uni to‘sadi.
- Diqqatni oshiradi. Kam gapirgan inson ko‘proq kuzatadi ‒ natijada fikrlash tezligi ortadi.
- Ruhiy quvvatni tiklaydi. Sukut qalbdagi “ortiqcha yuk”ni tashlab, insonni yengillashtiradi.
- Kim “Muhammad sallallohu alayhi vasallamga ummatman, U Zotga ergashaman, U Zotdan o‘rnak olaman”, desa, hech ham talashib-tortishuvchi bo‘lmasin!
- So‘zga qiymat beradi. Kam gapirgan odamning har bir so‘zi ta’sirli va qabul qilinadi.
- Sukut — hikmat manbai.
- Sukut — qalbga orom, aqlga nur, tilga tarbiya.
- Sukut — nur, tozalik va baraka manbai.
- Sukut — oilada baraka.
- Sukut — insonning eng buyuk tarbiyachisi va donolikka yetaklovchi yo‘ldir.
DONOLAR tavsiyalari:
- Gapirishdan oldin o‘ylanmoq darkor.
- His-tuyg‘ular kuchli bo‘lsa ham sabr bilan sukut saqlash — aqlli insonning yo‘li.
- Muhim muloqotlarda avvalo tinglash, keyin so‘zlash — oltin qoida.
- Bahs va ziddiyatlarda so‘z ortiq bo‘lmasin, sukut bilan hal qilishga harakat qilish lozim.
- Kim “Muhammad sallallohu alayhi vasallamga ummatman, U Zotga ergashaman, U Zotdan o‘rnak olaman”, desa, hech ham talashib-tortishuvchi bo‘lmasin!
- Har kuni bir lahza sukut — ruh va aql uchun mashq bo‘ladi.
- Sukut — insonni inson qiladigan sifatlardan biri.
- Sukut — insonning eng oddiy, eng qimmat xislati.
- Sukut — kichiklikda ulug‘lik.
- Sukut — qalbga olib boruvchi yo‘l.
- Sukut — hayotdagi sinovlardan omon qolish kaliti.
- Sukutni o‘z vaqtida, o‘z paytida, o‘z o‘rnida va o‘z me’yorida qo‘llashlik — hikmat, aql va haqiqiy donolik belgisidir.
Mehribon Parvardigorimiz o‘zlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham O‘zi buyurgan, Janobi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya etgan, o‘tmishda o‘tganlarimizning ruhlari shod bo‘ladigan, xalqimiz xursand bo‘ladigan, ota-onalarimiz rozi bo‘ladigan yo‘llardan yurishimizni nasib etsin!
Ibrohimjon domla Inomov.
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING