Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Mart, 2026   |   19 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:29
Quyosh
06:47
Peshin
12:39
Asr
16:36
Shom
18:25
Xufton
19:37
Bismillah
08 Mart, 2026, 19 Ramazon, 1447

Unutilayotgan sunnatlar (19-sunnat): Ovqatni ayblamaslik

23.11.2020   2923   1 min.
Unutilayotgan sunnatlar (19-sunnat): Ovqatni ayblamaslik

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech qachon ovqatni yomonlamaganlar, yoqtirsalar eganlar, yoqtirmasalar emaganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Halol taom banda uchun Alloh taoloning ne'mati hisoblanadi. Har bir ne'mat uchun banda Alloh taologa shukr qilishi lozim. Faqat nonko'r insongina shukr o'rniga taomni ayblashga o'tadi.

Qarang, bu juda ham oson, ammo savobi ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, jannatga etkazuvchi bo'lgan amaldir. Lekin dangasaligimiz, beparvoligimiz oqibatida bunga e'tibor bermaymiz, amal qilmaymiz. Ko'pchiligimiz hatto bilmaymiz ham. Avval bilmasak, endi bilib oldik. Endi bilganimizga amal qilaylik va boshqalarga ham etkazaylik.

Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yoyilishiga xizmat qilish u zotga bo'lgan muhabbat va ehtiromning yuksak namunasi hisoblanadi. U zot sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini aniqlik bilan etkazganlarning haqqiga: “Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so'ngra etkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin”, deb duo qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Alloh taolo barchamizga har bir ishda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishimizga tavfiq ato etsin, omiyn!

Allohumma solli va sallim 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Vaqtni zoye qilish

06.03.2026   8707   1 min.
Vaqtni zoye qilish

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ulamolardan biri aytadi: "Vaqtni zoye qilish o‘limdan ham battar, chunki o‘lim insonni dunyo va uning ahlidan uzsa, vaqtni zoye qilish Allohdan va oxirat hovlisidan uzadi".