Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Noyabr, 2025   |   29 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:54
Quyosh
07:17
Peshin
12:14
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:20
Bismillah
20 Noyabr, 2025, 29 Jumadul avval, 1447

Kim bizni aldasa, bizdan emas

18.11.2020   3375   4 min.
Kim bizni aldasa, bizdan emas

Tijorat odobi, ravishi usullari haqida ham tavsiyalari bor... Hadisi  shariflar bor...

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bozorlarni kuzatganlar. Hukumat boshlig'i kabi u erlarda buyruqlar berganlar.

Bir marta bir tijoratchining yoniga kelganlar. Savdogarning qopda turgan moliga qo'llarini botirib, aralashtirib ko'radilar. Qarasalar, tagi ho'l, usti quruq... Qopdagi molning tagi yomon, usti chiroyli qilib qo'yilgan... Shunda «Bunday qilma!» dedilar.

من غشنا فليس منا

Man g'ashshano falaysa minno – «Kim bizni aldasa, bizdan emas», – deganlar...

Savdoning, tarozuning, o'lchovning halol bo'lishiga oid oyat emas, hatto sura bor; Mutaffifin surasi...

 

وَيْلٌ لِّلْمُطَفِّفِينَ    الَّذِينَ إِذَا اكْتَالُواْ عَلَى النَّاسِ يَسْتَوْفُونَ  وَإِذَا كَالُوهُمْ أَو وَّزَنُوهُمْ يُخْسِرُونَ   أَلَا يَظُنُّ أُولَئِكَ أَنَّهُممَّبْعُوثُونَ لِيَوْمٍ عَظِيمٍ  (سورة المطففين   : 1–5)

Vaylun lil mutaffifin. Allazina izaktalu 'alan nasi yastavfun. Va iza koluhum av vazanuhum yuxsirun. Ala yazunnu ulaika annahum mab'usun. Liyavmin azim.– (O'lchov va tarozidan) urib qoluvchi kimsalarga halokat bo'lgay! Ular odamlardan (biron narsani) o'lchab olgan vaqtlarida to'la qilib oladigan, ularga o'lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa kam qilib beradigan kimsalardir. Ular o'zlarining ulug' bir kunda – barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turib (hisob-kitob beradigan qiyomat) kunida qayta tirilguvchi ekanliklarini o'ylamaydilarmi?!

Gollandiyada bir ustoz domla birodarimiz shaxsan o'zi ko'rgan (mavzumizga doir) bir voqeani  menga aytib bergandi:

Unga odamlar kelib:

«Ustoz, o'lim to'shagida yotgan bir bemorimiz bor, o'tinamiz, borib ko'ring, yordam bering!» deyishadi. Shunday qilib, tungi soat uchda  bemorning yoniga olib borishdi. Bemor hushidan ketgan, qiyin ahvolda yotardi... Men sekin-sekin «Laa ilaha illallah... Laa ilaha illallah. Ashhadu anlaa ilaha illallah...» deb kalimai tavhid va kalimai shahodatni aytdirishga harakat qildim. Bir vaqt bemor o'ziga kelib bunday dedi: «Nimaga meni majbur qilayapsiz?.. Ko'rmayapsizmi, tarozining bosh qismidagi temirini tomog'imga tiqib-tiqib olishyapti!» – deb aytibdi. Keyin o'ldi, – deydi.

Marhumning xotinidan:

– «Buning sababi nima?..», – deb so'raganida:

– «Bu haqda so'ramang ustoz!.. Erim sotuvchi edi. Ikkita tarozisi bor edi; bittasini olayotganida, ikkinchisini esa, sotayotganida ishlatardi... Olayotganda kam ko'rsatadigan tarozida tortib, sotayotganda ko'p ko'rsatadigan tarozida tortardi.» – deb javob beradi.

Masalan, birinchi tarozida tortilgan 1 kg og'irlikdagi narsa, ikkinchi tarozida 800 gr. chiqarkan...

Ana shunday ikkita tarozidan foydalanib, xalqni aldar ekan. Lekin vafoti ham ayanchli bo'lgan. Ustoz: «O'z ko'zlarim bilan ko'rib, qo'loqlarim bilan eshitdim»dedi...

"Islom va axloq" kitobidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

G‘azablanganda bajariladigan sunnatlar

19.11.2025   3556   1 min.
G‘azablanganda bajariladigan sunnatlar

1. Allohdan shayton yomonligidan panoh so‘rash.

Sulaymon ibn Surad roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirgan edim, ikki kishi so‘kisha ketdi. Ulardan birining yuzi qizarib, bo‘ynidagi ko‘k tomirlari bo‘rtib chiqdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men bir kalimani bilaman, agar o‘shani aytsa, undan bu holat ketadi. Agar u “A’uzu billahi minash shaytonir rojiym” desa, undan mana bu holat ketadi”, dedilar» (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

2. Ushbu duoni o‘qish.

Oisha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurimga kirdilar. Jahlim chiqib turgan edi. “Ey Uvaysh (Oisha ismining qisqartmasi)

“Allohummag‘firliy zanbiy va azhib g‘oyza qalbiy va ajirniy minash shaytoni”

“Allohim, gunohlarimni kechirib, qalbim g‘azabini ketkaz va shaytondan saqlagin” deb ayt” dedilar» (Imom Ibn Sunniy rivoyati).


3. Tahorat olish.

Atiyya ibn Urva Sa’diy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta g‘azab shaytondandir. Shayton o‘tdan xalq qilingan. Ut esa suv bilan o‘chiriladi. Agar sizlardan biringiz g‘azablansa, tahorat qilsin”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

 

Davron NURMUHAMMAD