Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Oktabr, 2025   |   1 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:25
Quyosh
06:44
Peshin
12:12
Asr
15:48
Shom
17:34
Xufton
18:47
Bismillah
23 Oktabr, 2025, 1 Jumadul avval, 1447

Otinoyilar bilim va malakasi sinovdan o'tkazildi

17.11.2020   2135   1 min.
Otinoyilar bilim va malakasi sinovdan o'tkazildi

Bugun, 17 noyabr' kuni Samarqand viloyati vakilligi binosida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohimjon Inomov, Fatvo bo'limi mutaxassisi Sobir Orziqulov va Hotin-qizlar bilan ishlash bo'limi mutaxassislari Munira Abubakirova, Maryam Abdullayevalar ishtirokida viloyatda faoliyat yuritayotgan otinoyilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Undan otinoyilar bilim va saviyasi, vazifasiga mas'uliyat bilan yondashish malakasini oshirish, sohadagi so'nggi yangiliklardan voqif etish ko'zlandi.

Davra suhbatida otinoyilar bilim va dunyoqarashi, odamlar bilan munosabati, marosim o'tkazish bo'yicha malakasi, bugungi kun talabiga javob berishi o'rganib chiqildi. O'z navbatida, otinoyilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Shuningdek, tadbirda ustozlar otinoyilar o'z ustida tinimsiz ishlashi, bilim saviyasi va kasbiy mahoratini oshirishi, yurt ravnaqi yo'lida ko'proq harakat qilishi lozimligini ta'kidlashdi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qiyomat oldidan

23.10.2025   283   1 min.
Qiyomat oldidan

Bismillahir Rohmanir Rohiym

حدثنا الحسن بن علي بن عفان العامري نا أبو أسامة عن الأعمش عن شقيق قال: كنت جالسا مع عبد الله وأبي موسى وهما يتحدثان فقالا: قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: ”إن بين يدي الساعة أياما يرفع فيهن العلم وينزل فيهن الجهل ويظهر فيهن الهرج والهرج: القتل.

Shaqiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Abdulloh va Abu Muso bilan birga o‘tirgan edim, ular gaplashayotgan edilar, bunday deyishdi: Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: Qiyomat oldidan shunday kunlar bo‘ladiki, unda ilm ko‘tarilib, jaholat yog‘iladi, harj zohir bo‘ladi, harjqatldir”, deganlar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

 

Maqolalar