Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Dekabr, 2025   |   16 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:10
Quyosh
07:35
Peshin
12:20
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
07 Dekabr, 2025, 16 Jumadul soni, 1447

Alloh va Uning Rosulidan yuz o'git I 17-o'git: Rosulullohga ko'p-ko'p salovot ayting!

30.10.2020   4416   4 min.
Alloh va Uning Rosulidan yuz o'git I 17-o'git:  Rosulullohga ko'p-ko'p salovot ayting!

Alloh va Uning Rosulidan yuz o'git!  

17-o'git:  Rosulullohga ko'p-ko'p salovot ayting!

 

Alloh taolo aytadi: «Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salovot ayturlar. Ey, iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom ayting»  (Ahzob surasi )

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim menga bitta salavot aytsa Alloh taolo unga o'nta salavot aytadi va undan o'nta gunoh o'chiriladi va u uchun o'nta daraja ko'tariladi”, dedilar (Nasaiy rivoyat qilgan).

Hulosa:

1. Muhammad alayhissalomga eng avvalo Alloh taolo salovot aytmoqda. Alloh tomonidan u zotga  yuborilgan salavotning ma'nosi: “Alloh taoloning Muhammad alayhissalomga o'z rahmatini yuborishi, ulug'lashi, maqomlarini ko'tarishi va farishtalar huzurida sha'nlariga maqtovlar aytishini”, anglatadi.

2. Alloh taoloning muqarrab farishtalari ham to'xtovsiz holda Payg'ambarimizga salavot yuborib turadi. Farishtalar tomonidan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga aytiladigan salavotning ma'nosi: “U zotning haqlariga duo qilishlari va istig'for aytishlarini”, anglatadi.

3. Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan kishilar ham Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishga buyurilgandirlar. Mo'minlar tomonidan u zotga salavot aytishning ma'nosi: “Nabiy alayhissalomga duo qilishlari va u zotni ulug'lashlarini”, anglatadi.

4. Qur'on va sunnatda buyurilgan birorta amal haqida “Alloh va Uning farishtalari shu amalni bajaradi”, degan xabar kelmagan. Faqatgina, Rosulullohga salovot aytish haqidagina ushbu amalni Alloh va Uning farishtalari ham bajarishi aytilmoqda. Bu esa, salovot aytishning fazilatini yanada yuksaltiradi.

5. Qolaversa, salovot aytgan kishi Alloh taoloning buyrug'iga itoat qilish bilan birgalikda judayam ko'p ajr va savoblarga ega bo'ladi.

6. Avvalo, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga bir marta salovot aytgan kishiga Alloh taolo salovot aytadi.

7. Atigi bir marta salovot aytgan kishining o'nta gunohi, xatosi o'chiriladi.

8. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga bir marta salovot aytgan kishining darajasi o'n barobar ko'tariladi.

9. Agar bu salovotlar qancha ko'p bo'lsa, berilgan va'dalar va xushxabarlar ham shunchalik ziyoda bo'lib boraveradi.

10. Salovotning turlari judayam ko'pdir. eng qisqalaridan biri: “Sollallohu alayka ya Rosulalloh”, “Allohumma solli va sallim va barik alayhi”, kabi  jumlalardir.

Allohumma  solli a'la sayyidina Muhammad, Allohumma solli va sallim va barik alayhi.

 

Olmazor tumanidagi “Mevazor” masjidi imom noibi: 

Yorbek Islom

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Diniy - ma’rifiy sohadagi ishlar samaradorligi yanada oshirildi

05.12.2025   1339   1 min.
Diniy - ma’rifiy sohadagi ishlar samaradorligi yanada oshirildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi

VIDEO