Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Iyul, 2025   |   16 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:18
Quyosh
05:00
Peshin
12:34
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:35
Bismillah
11 Iyul, 2025, 16 Muharram, 1447

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Ilm sifatig'a ishoratdur (O'n ikkinchi mavzu)

28.10.2020   2053   2 min.
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Ilm sifatig'a ishoratdur (O'n ikkinchi mavzu)

NAZM

 

Ilm sifatig'a ishoratdur

 

Yana biri ilmdur sifatlaridin,

Olimul-g'ayb bo'ldi otlaridin.

Fikru andishadin emas bu ilm,

Kasb ila peshadin emas bu ilm.

Tog'da tosh, tuzda qum adadlarini,

Anga zohir durur, bilur barini.

 

NASRIY BAYoN

 

  1. Ilm sifatiga ishorat

 

Allohning sifatlaridan yana biri ilm sifatidir. Uning nomlaridan biri Olimul-g'ayb – g'aybni, olam ahliga noma'lum va pinhon bo'lgan narsalarni mukammal biluvchidir. (Ya'ni, Alloh ta'olo zamon va makondan xoli holda, mavjud va nomavjud – bo'lgan va bo'ladigan narsalarni, katta-kichik – kull va juz' (butun va bo'lak, mumkin va nomumkin), yashirin va oshkor hamma narsani va har bir hodisani  eng  yaxshi  tarzda  biluvchi  va  butun  bilimlarning  manba'i  bo'lgan Zotdir.)

 

Bu ilm fikr va andishadan – xayol, mulohaza va tasavvurdan emas, shuningdek, kasb bilan peshadan – mehnat qilib birovdan olinadigan, urinish, tirishish bilan egallanadigan ilm ham emas.

 

Tog'dagi  (kattayu  kichik)  toshlar,  cho'ldagi  qumlarning  sanoqlari ham Allohga ma'lumdir, U zot barchasini mukammal biladi.

 

Nasriy bayon va sharh muallifi:

Mirzo KYeNJABYeK

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Majburlab erga berish durustmi?

11.07.2025   503   1 min.
Majburlab erga berish durustmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Ota-onam meni majburlab erga bermoqchi, bola bilan ko‘rishdim va ko‘nglim g‘ash bo‘lib qoldi. Keyin istixora o‘qishni boshladim va baribir ko‘nglim yumshamadi. Uydagilarga tushuntirdim, lekin meni eshitishmayapti. Men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dinimizda xotin-qizlarni majburlab erga berishdan man qilingan. Zero, nikoh ikki tomonning roziligi bilan tuziladi. Juvon bo‘lsa, u bilan ochiqcha gaplashiladi, bokira bo‘lsa, undan izn so‘raladi. Bokira (rozilik alomatlari bilan) sukut qilsa, bu uning nikohga izn bergani bo‘ladi.

Barcha fiqhiy manbalarimizda kelin va kuyov o‘z roziligini bildirishi (iyjob va qabul) nikohning asosiy rukni ekani bayon qilingan. Kelin-kuyovdan biri nikohga rozi bo‘lmasa, nikoh durust bo‘lmaydi.

Ota-onaning vazifasi esa farzandini boylik, mansab yoki boshqa g‘arazlar sababli ko‘r-ko‘rona uylanish yoki erga tegishga majburlash emas. Balki farzandiga juft bo‘layotgan yigit yo qizning diyonati, xulq-odobiga va kasb-hunariga e’tibor qilishdir.

O‘z o‘rnida turmush qurayotgan farzand ham ota-onasining tavsiyalari o‘rinli bo‘lsa, qabul qilishi, qaysarlik qilmay ularning hayotiy tajribalaridan foydalanishi kerak.

Xotin-qizlarni majburlab erga berish holatlarida Payg‘ambarimiz alayhissalomning ayolga nikoh yo ajralishni tanlash ixtiyorini berganlari ma’lum. Hatto bir holatda qiz kambag‘al yigitni, ota-ona esa boy yigitni tanlaganida, u zot qizning ixtiyorini ustun qo‘yib: 


لم ير للمتحابين مثل النكاح
«Bir-birini yaxshi ko‘rganlar uchun nikohdan yaxshisi yo‘qdir", dedilar (Imom Ibn Moja rivoyati). Vallohu a’lam"

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar