HIJRIY TO'QQIZINChI YILDAGI MUHIM HODISALAR
TABUK G'AZOTI
Arabiston yarimorolida Islom davlati paydo bo'lganini eshitgan rumliklar o'zlarining forslar bilan davom etib kelayotgan dushmanliklarini unutishdi va zudlik bilan musulmonlarga qarshi lashkar to'play boshlashdi.
Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Busrodagi Rum hokimiga yuborgan elchilari Horis ibn Umayr Azdiyni o'ldirishdi.
Hijriy sakkizinchi yilning jumodul avval oyida ular musulmonlarning Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan yuborilgan uch mingga yaqin askari bilan Mu'tada to'qnash kelishdi.
Ko'rinib turibdiki, nasorolar Islom va musulmonlar uchun jiddiy xavfga aylanishgan edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga rumliklarning yana katta lashkar to'playotgani haqida xabar keldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni Rumga qarshi g'azotga tayyorgarlik ko'rishga buyurdilar.
Bu davr nihoyatda qiyinchilik vaqti bo'lib, juda issiq edi. Mevalar pishgan, odamlar mevalardan bahramand bo'lib, soya-salqinda dam olishni xohlaydigan vaqt edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, odatda, biror g'azotga chiqadigan bo'lsalar, ochiq aytmas, boshqa tomonga bormoqchi ekanlarini aytib turib, keyin maqsad qilingan tarafga yurar edilar. Ammo Tabuk g'azotida bunday qilmadilar. Mashaqqatli, uzoq va shiddatli paytda dushmanning ko'pligini e'tiborga olib odamlar o'ziga yarasha tayyorgarliklarini ko'rsinlar deb ochiq aytdilar. Odamlarni tayyorgarlik ko'rishga buyurar ekanlar, Rum bilan urush qilish niyatida ekanlarini bildirdilar.
So'ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jiddiylik bilan safarga otlandilar. Odamlarni kerakli narsalarni olib, shoshilishga amr qildilar.
Boy kishilarni xayr-ehson qilishga, ulovi yo'q mujohidlarga ulov olib berishga qiziqtirdilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jumodul avval oyida o'ttiz mingga yaqin kishi bilan yo'lga chiqdilar.
Bir guruh musulmonlar hech shak-shubhalari bo'lmasa ham, o'zlaricha «Qolsa bo'laversa kerak», degan niyat bilan g'azotdan qolishdi. Ularning ichida Ka'b ibn Molik, Murora ibn Rabiy', Hilol ibn Umayya, Abu Haysama, Umayr ibn Vahb va boshqa sahobalar bor edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Saniyyatul vado' nomli joyga lashkargoh qurdilar. Munofiqlarning boshlig'i Ibn Salul esa undan pastrokda alohida lashkargoh qurdi. Keyinroq odamlarini olib yo'ldan qaytdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukda yigirma kun turdilar. O'rtada urush bo'lmadi. So'ng ortga qaytdilar. Ana shunday qiyinchiliklarga Allohning roziligini deb chidaganlari uchun Alloh Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam, muhojirlar va ansorlarning tavbasini qabul qildi.
Tabuk g'azoti Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlaridagi oxirgi g'azot edi. Undan keyin u zotning hayotlarining oxirigacha g'azot bo'lmadi.
G'AZOT VA SARIYYaLAR HAQIDA
Biz Islomdagi g'azot va sariyyalarga alohida bir nazar tashlab chiqishimiz lozim. Bu masalada to'g'ri anglashimiz zarur bo'lgan nuqtalar mavjud. Agar siyrat kitoblarini yaxshilab o'rganadigan bo'lsak, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning umrlari faqat g'azotlarda o'tganga o'xshab ko'rinadi. Siyrat kitoblarimizning ko'p sahifalari aynan g'azot va sariyyalarga bag'ishlangan. Buning ustiga, «Kitobul mag'oziy» – «G'azotlar kitobi» nomli alohida kitoblar borligini, barcha hadis kitoblarimizda ham xuddi shu nomli kitoblar (boblar) borligini e'tiborga olsak, yuqoridagi fikr yana ham kuchayadi. Lekin bir o'ylab ko'raylikchi, haqiqatan ham, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning umrlari g'azotlarda o'tganmi? Haqiqatan ham u zot va sahobalar jang ishqibozlari bo'lganmilar?
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam qirq yoshlarigacha, ya'ni payg'ambar bo'lgunlaricha tinch-osoyishta hayot ke chirdilar. Payg'ambar bo'lganlaridan keyin ham Islom da'vatining salkam o'n uch yillik Makka bosqichida birovga qo'l ko'tarish na u zotning va na sahobalarning xayollariga ham kelmadi. Balki ular doimiy ravishda mushriklarning zulmi ostida ezilib yashadilar. Faqatgina hijratning birinchi yilida Qur'oni Karim ta'biri bilan aytilganda
«O'zlariga qarshi urush ochilganlarga zulm qilingani uchun ularga (urush uchun) izn berildi» (Haj surasi, 39-oyat).
Ha, musulmonlar o'zlariga kofirlar tomonidan bo'layotgan zulmni qaytarish uchungina urushishga majbur bo'ldilar. Usha paytdagi musulmonlar ikki umumiy qoidaga asoslanib urush qilishlari mumkin edi, xolos.
Birinchisi: «Fitna qatldan yomonroqdir» (Baqara surasi, 191-oyat) oyatiga asoslangan qoida. Bunda musulmonlarga qarshi fitna qo'zib, ularni dinlaridan qaytarishga uringanlarga qarshi urishildi.
Ikkinchisi: «Qasos olishda sizlarga hayot bor, ey aql egalari!» (Baqara surasi, 179-oyat) oyatiga asoslangan qoida. Bunda musulmonlarni o'ldirganlardan qasos olish uchun jang qilindi.
Ulamolarimiz Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam o'zlari shaxsan ishtirok etgan harbiy yurishni «g'azot» deb ataydilar. U yurishda jang bo'lganmi, bo'lmaganmi, farqi yo'q.
Qamrovliroq ta'rif: g'azot – Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kibor sahobalardan birini o'rinbosar qilib qoldirganlaridan so'ng o'zlari harbiy qo'shinga bosh bo'lib, biror erga bir maqsad bilan borishlaridir (unda jang bo'lgan-bo'lmaganidan qat'i nazar).
Huddi ana shu e'tibordan tarixchilarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida (Hudaybiya sulhi va qazo umra safarlarini ham qo'shib hisoblaganda) yigirma sakkizta g'azot bo'lganini ta'kidlaydilar.
Keling, o'sha g'azotlarning ro'yxatini bo'lib o'tgan yili tartibi asosida ko'rib chiqaylik. G'azotlarning 9 tasida jang bo'lgan, ularga ishora qilib o'tamiz.
Ro'yxatdan yaqqol ko'rinib turibdiki, faqat to'qqizta g'azotdagina jang bo'lgan. Qolganlari esa jangsiz, harbiy yurishdan iborat bo'lgan, xolos. Endi jang bo'lgan g'azotlar bo'yicha ba'zi ma'lumotlarni o'rganib chiqaylik.
№ | G'azot | Sana | Musulmonlar | Dushman | ||
Lashkar soni | Yo'qotish-lar | Lashkar soni | Yo'qotishlar | |||
1 | Badr | Hijriy 2 yil 17 ramazon (mil. 624 yil 12 mart) | 313-317 | 14 shahid | 950 | 70 kishi |
2 | Uhud | Hijriy 3 yil 7 shavvol, shanba (mil. 625 yil 22 mart) | 700 | 70 shahid | 3000 | 37 kishi |
3 | Handaq | Hijriy 5 yil shavvol (mil. 627 yil mart) | 3000 | 6 shahid | 10000 | 10 kishi |
4 | Banu Qurayza | Hijriy 5 yil zulqa'da (mil. 627 yil aprel') | 3000 | 2 shahid | Barcha aholi |
|
5 | Banu Mustaliq | Hijriy 6 yil sha'bon (mil. 627 yil dekabr') | - | - | - | - |
6 | Haybar | Hijriy 7 yil muharram (mil. 628 yil may-iyun') | 1400-1500 | 23 shahid | Barcha aholi | 93 kishi |
7 | Makka fathi | Hijriy 8 yil 17 ramazon, seshanba (mil. 630 yil yanvar') | 10000 | 2 |
| 12 |
8 | Hunayn | Hijriy 8 yil 10 shavvol, chorshanba (mil. 630 yil yanvar' oxiri) | 12000 | 4 shahid | 24000-25000 | 70 kishidan ko'proq |
9 | Toif | Hijriy 8 yil shavvol (mil. 630 yil fevral') | 12000 | 12 shahid | Barcha aholi |
|
Ulamolarimiz Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam o'zlari shaxsan ishtirok etmagan harbiy yurishlarni “sariyya” deb ataydilar.
Qamrovliroq ta'rif: sariyya – Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror maqsadni ko'zlab, bir sahoba boshchiligida yuborgan maxfiy jangovar guruhdir (unda jang bo'lgan-bo'lmaganidan qat'i nazar).
Muhaqqiq ulamolarimiz ana shunday sariyyalar o'ttiz sakkizta bo'lgani haqida ma'lumot beradilar. Ularning ko'pchiligi yo sariyya boshlig'ining ismi, yoki qayerga yuborilgan bo'lsa, o'sha erning nomi bilan ataladi. Asosan sariyyalar dushmandan xabar olish yoki ustidan o'lim hukmi chiqqan jinoyatchini jazolash uchun bo'lgan. Ba'zan ikki taraf to'qnashib, jang bo'lgan holatlar ham bor.
Yana muhaqqi ulamolarimizning ta'kidlashlaricha, ushba g'azot va sariyyalarda ikki tomondan hammasi bo'lib ming kishidan ko'proq odam halok bo'lgan. Agar bu hisobni ozirgi kunimiz hisoblari bilan solishtirib ko'radigan bo'lsak, hech narsa emas. Tasavvur hosil qilish uchun ikkinchi ahon urushida 70 million kishining yostig'i quriganini slashning o'zi kifoya bo'lsa kerak. Payg'ambar sollallohu ayhi vasallam davrlaridagi urushlardagi yo'qotishlar ozirgi kundagi ba'zi futbol ishqibozlari orasida kelib iqqan to'qnashuvlardaqi yo'qotishlarga to'g'ri keladi desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz.
Endi siyrat kitoblarining ko'p qismini g'azot va sariyyalar haqidagi xabarlar egallagani haqida fikr yuritaylik.
O'ylab ko'radigan bo'lsak, urush o'z nomi bilan urush. U barcha jamiyatlarda alohida e'tiborni tortib kelgan. Hozirgi unda ham qayerda salgina janjal chiqsa, dunyoning barcha axborot vositalari e'tiborni o'sha erga qaratishadi. Ehtimol, o'sha janjal urushga aylanmay tinchib ketar. Ammo baribir kishilar e'tiborini tortadi, o'ziga qaratadi. Inson tabiati o'zi shunday. Tinch narsaga emas, notinch narsaga alohida e'tibor beradi. Ilmiy markazda ter to'kib, olamshumul kashfiyotlar qilayotgan minglab olimlar haqida birov o'ylab ham qo'ymaydi. Ammo ko'chaga chiqib, namoyish qilgan uch-to'rt kishiga butun dunyo alohida e'tibor, qiziqish bilan qaraydi. O'sha davrda ham har bir g'azot, har bir sariyya katta e'tibor bilan kuzatilgan. Arablar avvallari ham bunga o'xshash harbiy harakatlarni yaxshi o'rganib, avloddan avlodga aytib qoldirib kelishgan. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning davrlaridagi g'azot va sariyyalardan nafaqat urush, balki ko'pgina tinch maqsadlar ko'zlangan. Ularda kishilarni sinash, Islom ta'limotlarini hayotga tatbiq qilish ham o'sha harakatlar orqali amalga oshgan. Mana shunga o'xshash sabablar siyrat kitoblarimizda g'azot va sariyyalar haqida ko'plab sahifalar bitilishiga olib kelgan. Biz esa bu narsaga to'g'ri ko'z bilan qarashimiz, hamma vaqt g'azot bilan o'tgan ekan, degan noto'g'ri tushunchaga borib qolmasligimiz kerak.
Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning asosiy faoliyatlari insoniyatni zulmatdan nurga, bebaxtlikdan baxtga, ilmsizlikdan ilmga, zulmdan adolatga, haromdan halolga, odobsizlikdan odobga, axloqsizlikdan oliy axloqqa, qoloqlikdan taraqqiyotga, dushmanlikdan do'stlikka, xiyonatdan sadoqatga, shirkdan tavhidga, gapning qisqasi, barchani ikki dunyoning baxtiga, saodatiga sazovor qilishdan iborat bo'lgan.
BIRINChI ISLOMIY HAJ
Haj ibodati Ibrohim alayhissalom davrlaridan buyon amalga oshirib kelinar edi. Hijriy to'qqizinchi yil zulqa'da oyining oxirlarida Alloh taolo «Odamlardan yo'lga qodir bo'lganlariga Alloh uchun Baytni haj qilmoq burchdir» (Oli Imron surasi, 97-oyat) oyati ila musulmonlarga ham haj ibodatini farz qildi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vaqt ziqligi va mushriklar Baytullohni tavof qilishlari, oralarida yalang'och tavof etuvchilar ham bo'lishini hisobga olib, bu yil hajga niyat qilmadilar. Balki Abu Bakr roziyallohu anhuni haj amiri qilib Makkaga jo'natdilar. U kishi musulmonlarning haj ishlarini boshqarishlari kerak edi. Abu Bakr roziyallohu anhu haj qilishni istagan uch yuz kishi bilan hajga jo'nab ketdilar.
Abu Bakr roziyallohu anhu o'z sheriklari bilan hajga jo'nab ketgandan keyin Baroat (Tavba) surasining avvalida keladigan oyati karimalar nozil bo'ldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhuni chaqirib: «Baroatning avvalidagi bu qissa ila chiq, qurbonlik kuni odamlar ichida e'lrn qil: kofir jannatga kirmas. Bu yildan keyin mushrik haj qilmas. Baytulloh yalang'och tavof qilinmas. Kimning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida axdi bo'lsa, u o'z muddatiga etkazilur», dedilar.
Hazrati Aliy roziyallohu anhu Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning Azbo nomli tuyalarini minib, yo'lga tushdilar va yo'l davomida Abu Bakr roziyallohu anhuta etib oldilar.
ELChILAR YILI
Hijriy to'qqizinchi yil «elchilar yili» nomini olgan, chunki asosan shu yili turli qabilalarning elchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, o'z qabilalari nomidan Islomni qabul qilganlarini e'lon qilib, bay'at qilishgan.
Bu vaqtda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam atrofdagi podshoh va amirlarga o'z maktublarini yuborgan, Makka fathini tamomlagan va Tabukdan qaytib kelgan edilar.
Alloh taolo Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga Makkani fath qilib berganidan so'ng eng ashaddiy dushman – Quraysh qabilasi Islomga kirgach, Islom qarshisidagi asosiy to'siq olib tashlandi. Endi hamma guruh-guruh bo'lib Islomga kira boshladi.
Tabuk g'azoti ham Islomning kuchi naqadar o'sganini yana bir bor hammaga yaqqol ko'rsatdi. Bu omil ham ikkilanib turganlarning Islomga kirishlari uchun katta turtki bo'ldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning podshohlarga va amirlarga yuborgan maktublari ham o'ziga yarasha ta'sir o'tkazgan edi.
Shunday qilib Alloh taoloning inoyati ila hijriy to'qqizinchi yili Madinai munavvara tomon turli elchilar oqib kela boshladi...
HIJRIY O'NINChI YILDAGI MUHIM HODISALAR
VIDOLAShUV HAJI
Hijriy o'ninchi yil zulhijja oyida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zlarining Islomdagi birinchi va oxirgi hajlarini qildilar. U zot mazkur hajdagi xatti-harakatlari va aytgan so'zlari bilan bu haj vidolashuv haji ekanini bildirdilar. Shuning uchun ham ushbu haj tarixda «Vidolashuv haji» nomi bilan qolgan.
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga vidolashuv hajida yuz mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. Bu o'sha vaqtlar o'lchovida misli ko'rilmagan ish edi. Ana shu odamlarning hammasi mazkur tarixiy voqeaning jonli guvohi bo'lganlar.
Biz vidolashuv haji borasidagi rivoyatlar ichidan Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhuning rivoyatlarini ixtiyor qildik. U kishi vidolashuv hajiga borib kelguncha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalarini etaklovchi bo'lganlar. Shuning uchun ham har bir narsani tartib bilan yodlab olib, aytib berganlar. Ushbu hadis Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning hajlarini to'liq vasf qiluvchi hadisdir.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning hajlari haqida gapirib berishni so'rashganida, bunga javoban to'qqizta barmoqlarini yumib ko'rsatib turib, quyidagilarni aytganlar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to'qqiz yil haj qilmay turdilar. So'ng o'ninchi yili odamlar ichida «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haj qilurlar» deb e'lon qildirdilar. Madinaga juda ko'p odamlar etib kelishdi. Ularning barchasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iqtido qshtsipni, u zotning amallariga o'xshash amal qilishni xohlar edi.
U zot bilan chiqib, Zulhulayfaga etib keldik. Shu erda Asmo bint Umays roziyallohu anho Muhammad ibn Abu Bakrni tug'di va Rasululloh sollallohu alayxi vasallamga «Qanday qilay?» deb odam yubordi. U zot: «G'usl qil, biror mato bilan qonni to's va ehromga kir», dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda na-moz o'qidilar. So'ng Qasvoga mindilar. Tuyalari u zotni ko'-tarib, Baydoda turganida qarasam, u zotning qarshilarida oxirini ko'z ilg'amaydigan darajada ko'p ulovli va piyoda odam ketmoqda. Ung tomonlarida ham, chap tomonlarida ham, orqa tomonlarida ham xuddi shunday.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oramizda ketmoqdalar. U zotga Qur'on nozil bo'lmoqda va uning ta'vilini bilib turibdilar. U zot nima amal qilsalar, biz ham qilib turibmiz. U zot: «Labbaykallohumma labbayk, labbayka laa shariyka laka labbayk, innal hamda, van-ni'mata laka val-mulk. Laa shariyka lak», deb tavhid talbiyasini aytdilar.
Odamlar ham o'zlari aytib yurgan talbiyani aytdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan biror narsani rad qilmadilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam talbiyalarida davom etdilar».
Jobir roziyallohu anhu so'zlarida davom etib, yana shularni aytadilar:
«Hajdan boshqa narsani niyat qilmagan edik. Umrani bilmas edik. Toki u zot bilan Baytullohga etib borganimizda ruknni istilom qildilar. Uch marta raml (polvon yurish), to'rt marta oddiy yurish bilan tavof qildilar. So'ng Ibrohim alayhissalomning maqomlariga bordilar. «Ibrohimning maqomini namozgoh tuting» oyatini qiroat qildilar. Keyin maqomni o'zlari bilan Baytullohning orasida qilib ikki rak'at namoz o'qidilar va «Qul yaa ayyuhal kafiruun» bilan «Qul huvallohu ahad»ni qiroat qildilar. So'ng ruknga qaytib borib, uni istilom qildilar.
Keyin eshikdan Safo tepaligiga chiqdilar. Safoga yaqinlashgan vaqtlarida «Safo va Marva Allohning (ibodati) belgilaridandir» oyatini qiroat qildilar. «Alloh boshlagan narsadan boshlanglar», dedilar. So'ng Safodan boshladilar. Uning ustiga Baytullohni ko'radigan bo'lib chiqdilar. Allohga tavhid va takbir aytdilar va: «Laa ilaaha illallohu vaxdahu laa shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva 'alaa kulli shay'in qodiyr. Laa ilaaha illallohu vahdah, anjaza va'dah va nasoro abdah va hazamal ahzaaba vahdah», dedilar. Shu orada duo ham qildilar. Ushbu narsani uch marta aytdilar.
Keyin Marva tomon yurib ketdilar. Qadamlari vodiyga tegishi bilan tezlab, shahdam sa'y qildilar. Vodiydan chiqib, oddiy yurish qildilar. Marvaga kelganlarida Safoda qilganlaridek qildilar. Sa'ylari oxiriga etib, Marvada turganlarida: «Bunday bo'lishini bilganimda, qurbonlik haydab kelmas edim. Umrani niyat qilar edim. Sizlardan kimning atagan qurbonligi bo'lmasa, qilganini umraga aylantirsin», dedilar.
Suroqa ibn Molik: «Ey Allohning Rasuli, bu narsa faqat shu yilimi yoki abadiymi?» dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barmoqlarini bir-birining ichiga kiritib turib: «Umra hajning ichiga kirdi», deb ikki marta aytdilar va: «Yo'q! Abadiy! Abadiy!» dedilar.
Aliy roziyallohu anhu Yamandan Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning tuyalarini olib kelganlarida, Fotima roziyallohu anhoning (umradan) ehromdan chiqib, surma qo'yib olganlarini ko'rib, bunga e'tiroz bildirdilar. Shunda Fotima onamiz: «Buni menga otam amr qildilar», dedilar.
Aliy roziyallohu anhu Iroqda yurganlarida shunday dedilar: «Ushanda Fotimaning qilgan ishidan achchiqlanib, u aytgan ran haqida so'rash uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordim va men uning qilgan ishidan norozi bo'lganimni aytdim. Shunda u zot: «Rost aytibdi. Rost aytibdi. Hajni niyat qilganingda nima degan eding?» dedilar. «Allohim! Rasuling nimani niyat qilgan bo'lsa, o'shani niyat qildim», degan edim», dedim. «Men qurbonlik ataganman. Ammo sen ehromdan chiqma», dedilar u zot».
Aliy roziyallohu anhu Yamandan olib kelgan qurbonliklar bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zlari bilan olib kelgan qurbonliklar jami bo'lib yuzta edi. Odamlar hammalari ehromdan chiqib, sochlarini qisqartirdilar. Faqat Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam va qurbonligi borlar bunday qilmadilar.
Tarviya kuni u zot sollallohu alayhi vasallam Minoga yuzlandilar va hajni niyat qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulovga minib, yo'lga tushdilar. Minoda peshin, asr, shom, xufton va bomdodni o'qidilar. So'ng quyosh chiqquncha biroz kutib turdilar. Keyin jun dan bo'lgan qubbalarini Namiraga tikishga amr qildilar va yurib ketdilar. Qurayshliklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ham, johiliyat vaqtida Quraysh turganidek, Mash'arul haromda vuquf qilishlariga hech shubha qilishmas edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa u erdan o'tib, Arafotga etib bordilar. Namiraga tikib qo'yilgan qubbalarini ko'rib, o'sha erga tushdilar.
Quyosh qiyomdan oqqanda u zot Qasvoni olib kelishga amr qildilar. Unga minib, vodiyning o'rtasiga bordilar va odamlarga shunday xutba qildilar: «Ey insonlar! So'zimni diqqat bilan tinglang! Bilmadim, balki shu yildan keyin bu erda siz bilan boshqa ko'rishmasman.
Ey insonlar! Albatta, qonlaringiz va mollaringiz to Alloh bilan yuzma-yuz bo'lmaguningizcha sizlarga mana shu kuningiz, mana shu oyingiz kabi haromdir (muqaddas, daxlsiz). Sizlar albatta Robbingizga ro'baro' kelasiz va U sizlarni qilgan ishlaringizdan savolga tutadi. Men sizlarga etkazdim. Kimda birovning omonati bo'lsa, uni egasiga topshirsin. Riboning har qanday turi bekor qilingandir. Biroq qarzning aslini berish kerak. Zulm ham qilmang, zulmga duchor ham bo'lmang. Allohning amri bilan riboxo'rlik endi taqiqlandi. Birinchi bo'lib bekor qilingan ribo amakim Abbos ibn Abdulmuttalibning ribosidir. Johiliyat davrida e'tiborda bo'lgan barcha qon da'volari ham butunlay bekor qilindi. Sizlardagi birinchi bo'lib men bekor qilgan qon da'vosi esa jiyanim Ibn Rabiy'a ibn Horis ibn Abdulmuttalibning da'vosidir. U Banu Sa'd ibn Laysga emizish uchun berilgan bola edi, Huzayl qabilasi qatl qildi.
Ey insonlar! Bugun shayton bu erlarda unga qullik qi-linishidan abadiy umidsiz bo'ldi. Biroq bu bekor qilganlarimdan boshqa e'tiborsiz qaragan narsalaringizda ham unga ergashsangiz, bu ham uni mamnun etadi. Diningizni himoya qilish uchun bulardan ogoh bo'ling!
Ey insonlar! «Alloh harom qilgan narsaning adadiga moslash uchun uni bir yil halol qilurlar, bir yil harom qilurlar. Natijada Alloh xarom qilgan narsani halol qilurlar. Ularga amallarining yomonligi chiroyli ko'rsatildi. Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas...» (Tavba surasi, 37-oyat). Zamon (davr) Alloh osmonlar va erni yaratgan kundagi asl holatiga qaytdi. «Allohning huzurida oylarning soni osmonlaru erni yaratgan kunidagi Allohning bitigida bo'lgan o'n ikki oy bo'lib, ulardan to'rttasi haromdir...» (Tavba surasi, Zb-oyat). Uchtasi ketma-ket: zulqa'da, zulhijja va muharram, to'rtinchisi esa jumodul oxir va sha'bon orasidagi rajabdir.
Ey insonlar! Sizlarning ayollaringiz ustida haqqingiz bor, shuningdek, ularning ham sizning ustingizda haqlari bor. Sizning ular ustidagi haqqingiz ularning siz yoqtirmagan hech kimni uyingizga kiritmasliklari va ochiq-oydin fahsh ishga qo'l urmasliklaridir. Agar ular siz rozi bo'lmagan biron ish qilsalar, Alloh sizlarga ularni yotoqlarida tark etishingizga, unchalik og'ritmaydigan qilib urishingizga ruxsat beradi. Ayollarning sizning ustingizdagi haqlari esa ularni oziq-ovqat va kiyim-kechaklar bilan etarlicha ta'minlashingizdir. Ayollarga yaxshi muomalada bo'ling. Zero, ular sizning izmingizdagi o'zlari uchun hech narsaga ega bo'lmagan asiralardir. Buning ustiga, sizlar ularni Allohning omonati sifatida qabul qilib oldingiz. Ularning farjlari sizlarga Allohning kalimasi bilan halol bo'ldi. Aqlingizni ishlating!
Ey insonlar! So'zimni yaxshilab tinlang! Zero, men etkazib qo'ydim. Darhaqiqat, men sizlarga ikkita narsani tashlab ketmoqdaman, agar unga qattiq yopishsangiz, aslo zalolatga ketmay-siz. Ular Allohning Kitobi va Payg'ambarining sunnatidir.
Ey insonlar! So'zimni yaxshilab eshitib, aqlingizga joylab oling! Bilingki, har bir musulmon musulmonga birodar va barcha musulmonlar aka-ukadirlar. Hech kimga to dindosh birodari o'ziga tegishli narsani ko'ngli rozi bo'lib bermasdan turib, uni olish halol bo'lmaydi. Bunday qilish bilan o'z nafsingizga zulm qilmangiz! Allohim, etkaza oldimmi?[1] Sizlar men haqimda so'ralursizlar. Ho'sh, nima deysizlar?»
«Albatta, etkazganingizga, ado etganingizga va nasihat qilganingizga guvohlik beramiz», deyishdi.
Shunda u zot ko'rsatkich barmoqlarini osmonga ko'tarib, keyin odamlarga qaratib tushirib turib: «Allohim! Uzing guvoh bo'l!» deb uch marta aytdilar.
So'ng azon va iqoma ayttirib, peshinni, keyin yana iqoma ayttirib, asr namozini ado etdilar. Ikkisining orasida hech narsa o'qimadilar.
So'ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulov minib, mavqifga bordilar. Tuyalari Qasvoning qornini xarsanglarga (to'g'ri) qildilar, piyodalar oqimiga qarshi turib, o'zlari qiblaga qaradilar. Shu zaylda quyosh botgunga qadar turdilar.
Keyin Usomani orqalariga mingashtirib, qaytishni boshladilar. U zot Qasvoning jilovini qattiq tortganlaridan uning boshi egarning qoshiga tegay deb qoldi. U zot o'ng qo'llari bilan ishora qilib: «Ey odamlar! Sokin bo'linglar! Sokin bo'linglar!» der edilar. Qachon qumtepachalardan biriga kelganda tuya unga chiqib olishi uchun jilovni biroz bo'shatar edilar.
Muzdalifaga etib kelganlaridan keyin shom va xuftonni bir azon va ikki iqoma bilan ado etdilar. Ularning orasida hech narsa o'qimadilar.
So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong otgunga qadar yonboshladilar. U zotga subh ayon bo'lgach, azon va iqoma bilan bomdodni o'qidilar.
Keyin Qasvoga minib, Mash'arul haromga keldilar. Qiblaga qarab duo qildilar. Takbir, tahlil va tavhid so'zlari aytdilar. Tong juda ham yorishgungacha shu holda turdilar.
Quyosh chiqmasdan oldin jo'nadilar. Fazl ibn Abbosni tuyalariga mingashtirib oldilar. U go'zal sochli, oppoq va chiroyli yigit edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam otlanganlarida ayollar (havdaj-taxtiravonda) tezlab o'tib qolishdi. Fazl ularga nazar sola boshladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo'llarini Fazlning yuziga qo'yib, uning yuzini boshqa tomonga burdilar. U zot Batnu Muhassirga kelganlarida tuyani biroz ildamlatdilar.
So'ngra Jamratul kubroga chiqadigan o'rta yo'lga tushdilar. Daraxt oldidagi Jamraga kelib, ettita toshning har birini takbir aytib otdilar.
Keyin burilib, qurbonlik so'yadigan joyga bordilar. Oltmish uchtasini o'z qo'llari bilan, qolganlarini esa Aliy so'ydilar. U zot uni o'z qurbonliklariga sherik qildilar.
So'ng marhamat qilib, har bir tuyadan birozdan go'shtni qozonga soldirib, pishirtirdilar. Ikkovlari undan eb, sho'rvasidan ichdilar.
Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (ulovga) minib, ifoza tavofini qildilar. Makkada peshinni o'qidilar. Zamzam tarqatayotgan Banu Abdulmuttalibning ol-diga kelib: «Tortinglar! Ey Banu Abdulmuttalib! Odamlar siqoyangizni[2] olib qo'yishi mumkin bo'lmaganida, men ham sizlar bilan birga suv tortgan bo'lar edim», dedilar. Ular bir paqirda suv uzatishdi. U zot undan ichdilar».
Imom Muslim va Abu Dovud rivoyat qilishgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hajni tamom qilganlaridan keyin Madinai munavvaraga yo'l oldilar.
KYeYINGI MAVZULAR:
HIJRIY O'N BIRINChI YILDAGI MUHIM HODISALAR
MUHIM SANALAR
[1] Shu joygacha bo'lgan vidolashuv hajining to'liq matni Ibn Hishomning «As-Siyratun-nabaviyya» asaridan olingan.
[2] «Siqoya» so'zi «sug'orish» degan ma'noni bildirib, hojilarga Suv etka-zib berishni anglatadi. Hozirgi kungacha ham siqoya bilan Abbos ibn Abdul-muttalibning avlodlari shug'ullanishadi.
Tirikmisiz? Hayotning qadriga yeting.
Charchadingizmi? Alloh yaratgan tabiat qo‘yniga chiqing dam oling, tafakkur qiling!
Yiqildingizmi? Allohdan sabr va kuch so‘rab, o‘rningizdan turing.
Sizdan so‘rasalar, o‘ylanmay beravering. Zero, hamma narsa Allohniki. Alloh vaqtinchalik sizga berib turibdi, xolos. O‘rni bo‘lsa, muhtojlarga ulashib, savobini olib qoling.
Sizni qadrlamasalar xafa bo‘lmang, qadrlashlarini so‘ramang ham. Ammo sha’ningiz toptalgan joyda qolmang.
O‘rgatsalar, o‘rganing saboq oling. Hayot sinovlari oldida yengilmang. Kurashib yashang. To hayot ekansiz, har bir ne’matning shukrini qiling. Bu foniy olamda hammasi sinov ekanini esdan chiqarmang.
Akbarshoh Rasulov