Halablik alloma, shayx Abdussattor Abu G'udda bugun (2020 yil 23 oktyabr', hijriy 1442 yil 6 rabiul avval kuni) vafot etdilar.
Bu zot Islom iqtisodi va savdoga doir ilmlarda ko'plab ilmiy tadqiqotlar va maqolalar muallifi edilar. Shuningdek, hayotlari davomida turli fanlarga oid ilmiy kitoblar yozganlar.
Bir qancha Islomiy konferensiyalar va yig'inlarning faol a'zosi ham edilar. Ayniqsa, mashhur "Kuvayt Islom fiqhi entsikloayediyasi"ning yozilishida uzoq yillar ilmiy hamkorlik qilganlar.
Alloh taolo barcha ezgu amallarini o'zlariga hamroh aylab, oxiratlarini obod qilsin! Farzandlari va shogirdlaridan o'zlariga o'xshagan buyuk zotlarni chiqishini ta'minlasin!
Toshkent islom institutining 1-kurs talabasi Biloliddin Ibrohimjonov 30 pora Qur’oni karimni bir kunda yoddan o‘qib berdi.
Qur’oni karimni o‘qish jarayonini "Qur’on ilmlari" kafedrasi o‘qituvchilari Jahongir qori Ne’matov, Valixon qori Azimboyev, Abdulbosit qori Qobilov, Habibullo qori Olimjonov va boshqa ustoz hamda talabalar kuzatib bordilar.
Ushbu natijani taqdirlash uchun 5 dekabr kuni tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurov, prorektor Yoqubjon domla Buxorboyev, kafedra mudirlari Soatmurod domla Primov va Jahongir qori Ne’matov hamda institutning boshqa ustoz va talabalari ishtirok etishdi.
Toshkent islom instituti
Matbuot xizmati