“Hoja Abdulloh al-Ansoriy” masjidi Oltiariq tumaning Azimobod qishlog'ida joylashgan bo'lib, uning hozirda hozirda xizmat ko'rsatayotgan binosi 1998 yilda qurilgan. Vaqt o'tishi bilan ushbu bino va inshoot zamonaviy arxitektura talablari mos kelmay qolgani, ibodatga keluvchilar safi ham ortgani bois masjidni qayta qurishga ehtiyoj tug'ildi. Masjid ahlining ushbu taklifi mutasaddilar tomonidan ham qo'llab-quvvatlandi.
Jarayon bilan yaqindan tanishish, olib borilayotgan ish suratini ko'zdan kechirish maqsadida viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev masjidga tashrif buyurdi.
Oltiariq tumani bosh imom-xatibi Baxtiyorjon domla Shermatov hamda masjid imom-xatibi Azizbek Mirzajonovlar viloyat bosh imom-xatibiga hamrohlik qilib, olib borilayotgan qurilish ishlarini ko'zdan kechirdilar.
Shundan so'ng viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev “Hoja Abdulloh al-Ansoriy” masjidining yangi binosiga tamal toshini qo'yib berdi. Bu erda hozir bo'lgan kattayu kichik yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samarasini e'tirof etib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz hayoti farovonligi hamda masjid qurilishida xizmat qilayotgan va hissa qo'shayotganlar haqqiga duoyi xayrlar qildilar.
– Masjidimizning eski binosi 700 kishilik o'ringa mo'jallangan bo'lsa, yangi qad ko'tarayotgan binoda endilikda bir vaqtning o'zida 2500 kishi ibodat qilishi mumkin bo'ladi. Albatta, bularning barchasi zamonaviy shart-sharoit va qulay imkoniyatlar asosida bo'lishi bosh maqsadlarimizdan, – deydi masjid imom-xatibi Azizbek Mirzajonov.
Alloh taolo boshlangan ishni xayrli aylab, bunga hissa qo'shayotgan kishilarga ulkan mukofotlar ato qilsin!





















Rahmatulloh JALILOV,
O'MI Farg'ona viloyati vakilligi xodimi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
"Xo‘ja Alambardor" jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla RAHMONOV bilan "Juma suhbati" turkum dasturining navbatdagi soni.