Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: IYMON-E_''TIQOD KITOBI (To'qqizinchi mavzu)

22.10.2020   1811   4 min.
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: IYMON-E_''TIQOD KITOBI (To'qqizinchi mavzu)

NAZM

 

Avvalg'i mu'man bihning sharhi

Budur iymon Hudog'a kelturmak,

shirk cherigin zamirdin surmak,

Aytqil:  “Lo iloha illalloh”,

Ayt, ma'nosidin ham o'l ogoh.

Kalima ushbudur, muni to'xtat,

Demagi farz bo'ldi bir navbat.

Yana mundin keyinki kelgusidur,

Bu aqoyidkim, ul deyilgusidur.

Bilg'ilu e'tiqodni muncha tuz

Jonu  ko'nglungda  mundog'  o'lturg'uz  –

Kim Hudodur borni hast etkan,

Yeru ko'ki balandu past etkan.

Bilki, ma'budi bosazo Uldur.

Jumlai xalqdin sizo Uldur.

Har nekim bordur, Ul yaratqandur,

Hastlik jarchasiga qotqandur.

Birduru yo'q sherik Aning ishiga,

O'xshamas hech ishta hech kishiga.

Ehtiyoji kishiga yo'qtur Aning,

Yoru yovar ishiga yo'qtur Aning.

(Bu mavzuning davomi bor)

 

NASRIY BAYoN

 

Ishonish shart bo'lgan

birinchi narsaning sharhi

(Iymonning birinchi sharti)

 

Allohga  iymon  keltirish  va  shirk  lashkarini  zamirdan  surish shuki, “Lo iloha illalloh”  (“Allohdan boshqa iloh yo'q”) deb aytgil.

Aytgil-u, buning ma'nosidan ham ogoh – xabardor bo'l.

 

Iymon kalimasi (Kalimai toyyiba – insonni kufrdan poklovchi kalima) shudir, buni yodingda saqlab qo'y. Bu kalimani bir marta aytish farzdir.

 

Yana bundan keyin keladigan narsa bu aqoiddir – e'tiqod qilinadigan narsalardirki, endi aytiladi.

 

E'tiqodni shu qadar to'g'ri bilib ol hamda uni jon va ko'ngilda to'g'ri,  mahkam  o'rnashtirki,  butun  mavjudotni  bor  qilgan,  osmonu erning birini yuksak, birini past qilib qo'ygan zot Allohdir. Balki, ma'budi bosazo – ibodatga loyiq va munosib bo'lgan zot Udir, barcha xalqdan – yaratilmish butun maxluqotdan o'zgacha, tengi va o'xshashi, misli va misoli bo'lmagan zot Udir.

 

Nimaiki bor bo'lsa, hammasini U yaratgandir va borlik, mavjudlik qatoriga qo'shgandir. U birdir, yakkayu yagonadir va Uning ishigasherik yo'qdir. Hech bir ishda hech bir kishiga o'xshamaydi. Uning hechbir kishiga ehtiyoji yo'q (hojatsiz hojatbarordir); Uning eshi, jufti, yordamchisi yo'qdir (chunki bunga muhtoj emasdir). (Bu mavzuning davomi bor)

 

Nasriy bayon va sharh muallifi:

Mirzo KYeNJABYeK

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistonga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

07.07.2025   4156   1 min.
Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistonga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov  Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi Siti Ruhaini Juhayatinni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

 

"Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladik. Shubhasiz, O‘zbekiston-Indoneziya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.

 

Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 23 iyunda o‘rnatilgan. O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi yangi elchisi Oybek Eshonov 2024 yilning 4 noyabr kuni Indoneziya Prezidenti Subianto Prabovoga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

 

"Dunyo" AA olgan surat

O'zbekiston yangiliklari