Alloh va Uning Rosulidan yuz o'git! 17-o'git: Yomon gumondan chetlaning!
Alloh taolo shunday marhamat qilgan: “ Ey, mo'minlar, ko'p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ba'zi gumon(lar) gunohdir! (Hujurot surasi 12-oyat)
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisda shunday jumlalar keladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Badgumonlikdan saqlaning. Albatta, badgumonlik eng yomon yolg'onchilikdir..... dedilar». (To'rtovlari rivoyat qilgan)
Hulosa:
Alloh taolo qalbimizni salomat qilsin. Musulmon birodarlarimizga nisbatan yomon gumonda bo'lishlikdan, gumon sababli kimnidir yomon ko'rishdan, o'zgalarga shubha bilan qarashdan O'zi asrasin!
Olmazor tumanidagi
“Mevazor” masjidi imom noibi:
Yorbek Islom
Bog‘ot tumanida yangidan qurib bitkazilgan "Mirhoshim bobo" jome masjidining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev, Bog‘ot tumani bosh imom-xatibi Rashidbek domla Ernazarov, mutasaddilar, mahalla ahli jam bo‘lishdi.
Qur’oni karim tilovatidan so‘ng bu masjidning to qiyomatgacha Alloh taologa ibodat qilinadigan, tarovehlar, xatmi Qur’onlar, zikru tasbehlar qilinadigan sajdagoh bo‘lishini, yangi masjid xalqimiz e’tiqodi, ma’rifatini mustahkamlashda hidoyat va ziyo maskani bo‘lib ko‘p yillar xizmat qilishini so‘rab, bu xayrli ishda ko‘makchi bo‘lgan barcha ezgu niyatli kishilar haqlariga duolar qilindi.
Ochilish marosimidan so‘ng yangi masjidda ilk juma namozi ado etildi.
Juma namozidan oldin jomega yig‘ilgan jamoatga “Ramazon – ezgulik va yaxshilik oyi” mavzusida suhbat qilib berildi.
Go‘zal suhbat oxirida Xayrulla domla Haq taolo barchaga ikki dunyo saodatini nasib qilishini so‘rab, elu yurtimiz haqqiga xayrli duolar qildi.
Zamaxshariy.uz