Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Oktabr, 2025   |   9 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:02
Quyosh
06:20
Peshin
12:18
Asr
16:19
Shom
18:09
Xufton
19:21
Bismillah
01 Oktabr, 2025, 9 Rabi`us soni, 1447

Imom-xatiblar Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi darslarida ishtirok etishmoqda

04.10.2020   2141   1 min.
Imom-xatiblar Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi darslarida ishtirok etishmoqda

Qashqadaryo viloyatidan bir guruh imom-xatib domlalar Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida bo'lib o'tayotgan tanishuv darslarida ishtirok etishmoqda.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyat vakilligining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:

www.nasafziyo.uz

t.me/nasafziyo

Instagram: nasafziyo.uz

Facebook : Nasafziyouz.Qashqadaryo

Youtube: nasafziyo.uz

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Salomlashganda bajariladigan sunnatlar

30.09.2025   2105   2 min.
Salomlashganda bajariladigan sunnatlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Eng avval salom berish.

Sahobalar roziyallohu anhum Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Eng yashi amal qaysi?” deb so‘rashdi. Shunda U zot alayhissalom: “Taom ulashishing hamda tanigan-tanimaganingga salom berishing”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bir kishi keldi va “Assalamu alaykum”, deb salom berdi. U zot unga javob qaytardilar va “O‘nta”, dedilar. Keyin yana bir kishi kelib, “Assalamu alaykum va rohmatulloh”, dedi. U zot unga ham javob qaytardilar va “Yigirmata”, dedilar. So‘ngra yana bir kishi keldi-da, “Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh”, dedi. U zot unga javob qaytargach, O‘ttizta, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

 

2. Ko‘rishgan kishi bilan xayrlashayotganda ham salom berish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: Sizlardan birortangiz bir majlisga kelsa, salom bersin, qaytmoqchi bo‘lsa, yana salom bersin. Birinchi salom ikkinchisidan haqli emas (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy rivoyati). Ya’ni, ikkinchi salomning ahamiyati birinchinikidan kam emas.

 

3. Tabassum bilan ro‘baro‘ bo‘lish.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Yaxshi amaldan biror narsani arzimas sanama, hatto birodaring yuziga ochiq chehra bilan yo‘liqishni ham” (Imom Muslim rivoyati).

 

4. Ikki qo‘l bilan ko‘rishish

“Ikki musulmon bir-birlariga yo‘liqib, qo‘l berib ko‘rishar ekan, ular hali ajralmay turib, albatta, ularning gunohlari mag‘firat qilinadi” (Imom Abu Dovud rivoyati).

 

5. Go‘zal so‘z so‘zlash.

Alloh taolo marhamat qiladi: “odamlarga shirinso‘z bo‘ling...” (Baqara surasi, 83-oyat)

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Yaxshi so‘z sadaqadir”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

Davron NURMUHAMMAD