Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Noyabr, 2025   |   27 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:52
Quyosh
07:15
Peshin
12:13
Asr
15:20
Shom
17:05
Xufton
18:21
Bismillah
18 Noyabr, 2025, 27 Jumadul avval, 1447

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

26.09.2020   2032   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi Muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga ukalari Badriddinxon Temirxon o'g'lining vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etadi.

Alloh taolo oxirat safariga kuzatilayotgan marhumning chekkan zahmatlari, tortgan dardlarini gunohlariga kafforat qilib, barcha solih amallarini o'zlariga hamroh aylab, O'z mag'firatiga olsin.

Haq taolo marhumning ahli-ayoli, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.

O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o'qituvchi-mudarrislari nomidan muftiy hazratlariga va marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.


O'zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Samarqandda “Ey bandalarim...” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

18.11.2025   305   1 min.
Samarqandda “Ey bandalarim...” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Ey bandalarim... Bir qudsiy hadis sharhi” kitobi taqdimot tadbiri o‘tkazildi.

Ma’rifiy anjumanda viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattorov, shahar va tuman bosh imom-xatiblari, shuningdek Urgut tumanida xizmat qilayotgan imom-xatiblar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Xayrullo domla Sattorov Muftiy hazratlarining ushbu asari haqida batafsil ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, “Ey bandalarim...” kitobi qalb tarbiyasi, ma’naviy yuksalish va insonning islomiy axloq-odobini yuksaltirishda muhim manbalardan biri bo‘ldi.

 Shuningdek, so‘zga chiqqanlar asarning o‘ziga xos mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati va o‘quvchiga beradigan ruhiy-ma’navi ta’siri haqida ham alohida to‘xtalib o‘tishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Samarqandda “Ey bandalarim...” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Samarqandda “Ey bandalarim...” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Samarqandda “Ey bandalarim...” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Samarqandda “Ey bandalarim...” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari