Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Mart, 2026   |   12 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:40
Quyosh
06:58
Peshin
12:40
Asr
16:29
Shom
18:17
Xufton
19:29
Bismillah
01 Mart, 2026, 12 Ramazon, 1447

Muslima ayolning g'ayridinga turmushga chiqishi

22.09.2020   3678   5 min.
Muslima ayolning g'ayridinga turmushga chiqishi

511-CAVOL: Oxirgi paytlarda muslima ayol-qizlar g'ayridin erkaklarga turmushga chiqib ketayotganini tez-tez eshitib qolyapmiz. Bu ish shariatimizda mumkinmi?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Muslima ayolning musulmon bo'lmaganga turmushga chiqishi Qur'oni karim, sunnat, ijmo' va aqliy dalillar bilan harom va botil amaldir.
Qur'oni karimdan dalil: Alloh taolo aytadi:


وَلَا تُنْكِحُوا الْمُشْرِكِينَ حَتَّى يُؤْمِنُوا وَلَعَبْدٌ مُؤْمِنٌ خَيْرٌ مِنْ مُشْرِكٍ وَلَوْ أَعْجَبَكُمْ أُولَئِكَ يَدْعُونَ إِلَى النَّارِ وَاللَّهُ يَدْعُو إِلَى الْجَنَّةِ وَالْمَغْفِرَةِ بِإِذْنِهِ وَيُبَيِّنُ آَيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ

(البقرة:221)

“Mushrik erkaklarga, to imon keltirmagunlaricha, (mo'mina qizlarni) nikohlab bermangiz. Zero, hur mushrikdan ko'ra imonli qul yaxshiroqdir, garchi u (mushrik) sizlarga manzur tuyulsa ham. Ular (mushriklar) do'zaxga chorlaydilar. Alloh (esa) o'z izni bilan jannatga va mag'firatga chorlaydi va eslatma olishlari uchun odamlarga o'z oyatlarini bayon etadi” (Baqara, 221-oyat).
Mashhur mufassir olim Abu Ja'far Tabariy aytadilar: “Alloh taolo mo'mina ayollarga mushrikka, u kim bo'lishidan qat'iy nazar va qanday shirkda bo'lsa ham turmushga chiqishini harom qildi” (“Tafsiri Tabariy” kitobi). Imom Qurtubiy aytadilar: “Ushbu oyatda “Muslima ayolni mushrikka turmushga bermang”, deyilmoqda. Islom ummati mushrik erkak hech qanday yo'l bilan mo'mina ayolning eri bo'la olmasligiga ijmo qilgan. Zero, mushrikning muslimaga erlik qilishida Islomni xorlash bor!”. Alloh taolo aytadi:


فَإِنْ عَلِمْتُمُوهُنَّ مُؤْمِنَاتٍ فَلَا تَرْجِعُوهُنَّ إِلَى الْكُفَّارِ لَا هُنَّ حِلٌّ لَهُمْ وَلَاهُمْ يَحِلُّونَ لَهُنَّ

(الممتحنة:10)

“Ey, mo'minlar! Qachonki, sizlarga (Makka kofirlari tomonidan) mo'mina ayollar hijrat qilib kelsalar, ularni imtihon qilib ko'ringiz! Alloh ularning imonlarini (bor yoki yo'qligini) yaxshiroq biluvchidir. Bas, agar ularning (haqiqatan) mo'mina ayollar ekanini bilsangiz, u holda ularni kofirlarga qaytarmangiz! Bular (ular) uchun halol emas va ular bular uchun halol emasdir”.
Mazkur oyatdagi “Bular (ular) uchun halol emas va ular bular uchun halol emasdir” jumlasida g'ayri din erkak muslima ayolga halol emasligi takrorlanmoqda va mo'mina ayol va mushrik erkak o'rtasidagi aloqani uzish muhimligi eslatilmoqda. “Ularga sarflagan mahrlarini erlariga (qaytarib) beringiz!” – deb kofir er musulmon bo'lgan ayoliga sarflagan nafaqasini musulmonlar qaytarib berishlarini buyurmoqda. Alloh taolo aytadi:


وَلَنْ يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا

(النساء:141)

“Alloh kofirlar uchun (qiyomat kuni) mo'minlarga qarshi sira yo'l bermaydi” (Niso surasi 141-oyat).
Er uchun xotin ustida valiylik va rahbarlik haqqi bor. Lekin bu haqlar kofir erkak uchun muslima ayolning ustida mavjud emas. Ibn Qudoma aytadilar: “Ilm ahlining ijmosi (yakdil fikri)ga ko'ra kofir kishi uchun hech qaysi holatda muslimaning ustida egalik yo'qdir”.
Sunnatdan dalil: Payg'ambarimiz alayhissalom barcha eri musulmon bo'lmagan muslimalarni turmushdan ajratganlar. Jumladan, qizlari Zaynabni eri Abul Os ibn Rabi'dan ajratdilar. Keyinchalik u kishi musulmon bo'lgach, yana qizlarini qaytarib berdilar.
Ijmo'dan dalil: Ulamolar kufr ahlining muslima ayol bilan nikohi botil ekaniga, nikoh mutlaqo bog'lanmasligiga ijmo qilganlar. Buni Ibn Munzir, Ibn Abdulbar, Ibn Qudoma, Shavkoniy va boshqa ulamolarimiz naql qilishgan.
Aqliy dalil: Muslima ayol kufr ahliga xotin bo'lish bilan g'ayridinga itoat qilishi, o'zini past olishi vojib bo'lib qoladi. Kofir er uning xo'jasiga aylanadi. Qolaversa, g'ayridin muslima ayolning dinini hurmat qilmaydi, balki dini sababli ayolni xo'rlaydi.
Hulosa qilib aytganda, Islom shariatiga ko'ra biror ayol g'ayri dinga turmushga chiqishi harom amaldir. Agar ayol buni bilsayu, uni o'ziga halol sanab, o'zga din vakiliga turmushga chiqsa, u murtad hisoblanadi (Alloh saqlasin). Agar o'ziga halol sanamasdan turmushga chiqqan bo'lsa, nikohi botil sanaladi va o'sha ayol begona erkak bilan zino qilayotgan hukmida bo'ladi. Vallohu a'lam.


O'zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay'ati. @diniysavollar

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

XORIJDAGI 50 TA SHAHARDA VATANDOSHLAR UCHUN RAMAZON TADBIRLARI O‘TKAZILADI

27.02.2026   19617   1 min.
XORIJDAGI 50 TA SHAHARDA VATANDOSHLAR UCHUN RAMAZON TADBIRLARI O‘TKAZILADI

Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan xorijda yashayotgan vatandoshlar uchun keng ko‘lamli iftorlik va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Joriy yilda ushbu ezgu tashabbus doirasida 50 shaharni qamrab olinib, xorijda mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan va doimiy yashab kelayotgan yurtdoshlarimizni birlashtirmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Makka, Madina, Seul, Istanbul, Anqara, Qohira, Ammon, Kuala-Lumpur, Vashington, Nyu-York, Toronto kabi yirik shaharlarda iftorliklar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, vatandoshlar homiyligida Dallas, Filadelfiya, Orlando, Novosibirsk, Tomsk va Yekaterinburg shaharlarida ham iftorliklar tashkil etilmoqda.

Mazkur xayrli ishlar mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. 

Ularda taniqli ulamolar va imom-xatiblar ishtirok etib, dinimizning insonparvarlik mohiyati, milliy qadriyatlar tarannumi, Vatanga muhabbat va yot g‘oyalardan saqlanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Shu vaqtgacha O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan xizmat safariga yuborilgan imom-xatiblar tomonidan AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada 90 ta ma’rifiy suhbat va taroveh namozlari o‘tkazilib, ularda 15 mingdan ziyod vatandoshimiz ishtirok etdi. 

Ma’rifiy suhbatlar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shukronalik, go‘zal axloq, o‘zaro hurmat, milliy qadriyatlarga ehtirom, Vatanga muhabbat va turli yot oqimlardan saqlanish kabi mavzularni o‘z ichiga olgan. 

Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan maqsad xorijdagi vatandoshlarimizni ma’naviy-ma’rifiy qo‘llab-quvvatlash, ona yurt bilan bog‘liqlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash va yurtdoshlar o‘rtasida birdamlikni kuchaytirishdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari