Bugun, 18 sentyabr' kuni kechki soat 19:00 dan boshlab, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining shogirdi, Toshkent islom instituti katta ustozi MUHAMMAD AYYuBHON DOMLA HOMIDOVning onlayn diniy savol-javob dasturining ilk soni bo'lib o'tadi.
Savollaringizni @DiniySavolJavobBot telegram boti yoki jonli efir vaqtida 97-900-92-94 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish orqali yo'llang!
Quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali savol-javob dasturini to'g'ridan-to'g'ri kuzating va bevosita ishtirokchisiga aylaning!
Youtube: MuslimTV https://www.youtube.com/channel/UCLbdL0ibb4zqlqe7LRNOSNQ
Internet telekanali: ITV.UZ https://itv.uz/#!/muslim
Facebook: MuslimUz https://www.facebook.com/muslimuzportal
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Men qorin tarafdan operatsiya bo‘ldim va qornimning 25 sm joyi tikildi va bint qo‘yilgan. Doktorlar suv teksa yiringlaydi umuman suv tegmasin deyishdi. Ehtilom bo‘lib qolsam yo ayolim bilan qo‘shilsam, qanday g‘usl qilaman? Hamma yerimga suv tekkizib, bint turgan joyiga mas'h tortsam g‘uslim o‘tadimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, siz aytgan ko‘rinishda g‘uslingiz durust bo‘ladi. Islom dinining asosiy tamoyillaridan biri zararni daf qilishdir. Shuning uchun ibodatlarda bu narsaga alohida e’tibor berilgan. Jumladan, tahorat va g‘usl qiluvchiga suv holatni og‘irlashtiradigan o‘rinlarda tayammum qilishga ruxsat berilgan. Bunda qoida shuki, badanining aksar qismiga suv tekkizish bemorlikka sabab bo‘lsa yoki kasallikni tuzalishini ortga surib yuboradigan bo‘lsa, shunda g‘usl qilmasdan tayammum qilinadi. Shuning uchun badanning yarmidan ko‘proq qismiga suv ishlatish imkoni bo‘lsa, o‘sha joylar to‘liq yuviladi, qolgan qismiga mas'h tortiladi. Vallohu a’lam!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.