Bugun, 16 sentyabrda O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o'rta maxsus islom ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari bo'lib o'tmoqda. Test jarayonlarini Davlat test markazi olib bormoqda.
Ayni paytda yurtimizdagi mavjud 10 ta madrasadan 8 tasida, ya'ni Qoraqalpog'istondagi “Muhammad al-Beruniy”, Andijondagi “Sayyid Muhyiddin Maxdum”, Namangandagi “Hidoya”, Buxorodagi “Mir arab” va “Jo'ybori kalon”, Horazmdagi “Faxriddin ar-Roziy”, Surxondaryodagi “Imom Termiziy”, Qashqadaryodagi “Hoja Buxoriy” o'rta maxsus islom ta'lim muassasalarida bo'lib o'tmoqda.
Toshkentdagi “Ko'kaldosh” va “Hadichai Kubro” o'rta maxsus islom bilim yurtlarida esa imtihon o'tkazilgani yo'q. Ularda imtihon ertaga, 17 sentyabrda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o'rta maxsus islom ta'lim muassasalarida 2020-2021 o'quv yili bo'yicha quyidagi fanlardan qabul imtihonlari o'tkaziladi:
- 1-blok “Chet tili” 30 ta savol, har bir to'g'ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;
- 2-blok “Tarix” 30 ta savol, har bir to'g'ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.
Qabul imtihonlari test sinovi shaklida o'tkaziladi.
Madrasalarga qabul imtihonlari tafsilotini saytimizda kuzatib boring.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).
Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi?
Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi.
Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.
"Rasailu minal Qur’an" asaridan