O'zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan "Regeneratsiya aspektida O'zbekistonning tarixiy shaharlari: Shahrisabz shahri misolida"mavzusida onlayn davra suhbati tashkil etildi. Sputnik ma'lumotlariga ko'ra, bu haqda davlat boshqaruvi organi xabar bergan.
Tadbirda IKOMOS xalqaro ekspertlari, Frantsiya shaharsozlik instituti vakillari, shuningdek, mahalliy me'morlar, arxeologlar va madaniy merosni asrash bo'yicha mutaxassislar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida davra suhbati ishtirokchilari tomonidan "Shahrisabz tarixiy markazi" – jahon merosi ob'ektini barpo etish rejasi muhokama qilindi. Ma'lumki, u shahar tuzilishini batafsil o'rganishga asoslangan bo'ladi.
Frantsiyaning shaharsozlik instituti eksperti Erik Hoybrexts Temuriylar sulolasidan qolgan yodgorliklarga e'tibor qaratib, shahar rejasining barcha jihatlarini tahlil qilishni taklif etdi.
Tarix fanlari doktori, arxeolog Rustam Sulaymonov o'z navbatida Shahrisabz buyuk sarkarda Amir Temurning vatani sifatida butun dunyoda tanilganini qayd etdi. Uning rahbarligida shahar ilm-fan va san'atning haqiqiy markaziga aylandi, shu jumladan me'moriy inshootlarning o'ziga xosligi bilan mashhur.
Arxitektura doktori, professor Dodo Nozilov masjidlar atrofidagi bog'larni qayta tiklashni taklif qildi. Uning aytishicha, ilgari musulmon qadamjolari yaqinida suv havzalari, daraxtlar va bog'lar bo'lgan, bu erda namozdan keyin salqinda dam olish mumkin bo'lgan. Bundan tashqari, u loyihada nafaqat me'morlar, bog'bonlar, balki tarixchilar va san'atshunoslar ham ishtirok etishini tavsiya qildi.
Shahrisabz shahridagi muzey-qo'riqxona direktori Nabijon Hushvaqovning aytishicha, Amir Temur davrida butun shahar sakkiz mahalladan iborat bo'lgan. Biroq so'nggi yillarda Zargarlik mahallasi buzilib, shahar infratuzilmasi va xalq hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Muassasa rahbari xatoni to'g'rilab, avvalgiday xom g'ishtlardan uylar qurishni taklif qilgan. Shunday qilib, shaharning tarixiy qiyofasi qayta tiklanadi.
Eslatib o'tamiz, 2016 yilda Shahrisabzning tarixiy markazi u erda olib borilgan demontaj va qurilish ishlari tufayli YuNYeSKO huzuridagi Umumjahon merosi qo'mitasining 40-sessiyasi qarori bilan Umumjahon merosining xavf ostidagi ob'ektlar ro'yxatiga kiritilgan edi. 2019 yilning iyul' oyida BMT ixtisoslashtirilgan agentligi Komiteti Bokudagi 43-sessiyada uni ro'yxatda saqlashga qaror qildi. O'z navbatida, O'zbekiston tomoni ikki yil ichida shaharni qayta tiklash rejasi loyihasini tuzish majburiyatini oldi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Ayoli vafot etganidan keyin eri juda mayus bo‘lib qoldi. Bir kuni uning yaqin do‘sti uni koyidi:
– Haliyam uylanmadingmi?
– Yo‘q, – dedi u.
– Nega, nahotki boshqa ayollar ichida senga yoqadigani bo‘lmasa?
– Rahmatli ayolimga o‘xshagani topilmasa kerak...
– Qo‘ysang-chi, ayollarning bari bir-biriga o‘xshaydi-ku!..
– Men zohirini aytmayapman. Ichki olamini, botinini aytyapman.
Yigit hayron bo‘lib qarab turgan do‘stiga hayotida bo‘lgan birgina voqeani gapirib berdi:
“Bir kuni ayolim jahlimni chiqardi. Qattiq urishdim va uni ota uyiga haydadim. Jimgina ketdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qilgan ishimdan pushaymon bo‘ldim. Aslida ayb o‘zimdan o‘tganini angladim. Ming andisha bilan qaynotamnikiga bordim. Eshik oldida biroz turib qoldim. So‘ng eshikni taqillatdim. Ayolim ochdi va meni hayratda qoldirib, xuddi oramizda hech gap o‘tmaganday, baland ovozda:
– Assalomu alaykum dadajonisi, safaringiz yaxshi o‘tdimi? – deya tabassum bilan ko‘zini qisib qo‘ydi. Unga bir nimalar demoqchi bo‘lgan edim, u meni qattiq bag‘riga bosib, bunday dedi:
– Gapirmang, ota-onamga sizni “safarga ketdilar”, dedim...
Ana shunday fahmli, oqila edi ayolim. Shuning uchun ham unga hech birini o‘xshatolmay, uylanolmay yuribman, do‘stim”.
Ha, azizlar! Alloh taolo erkakni ayol uchun, ayolni erkak uchun ne’mat qilib bergan. To‘g‘ri, ba’zilar bir-birlarining kamchiliklaridan shikoyat qilib qolishadi. Ammo hech kim benuqson emas. Mukammal ayolni ham, erkakni ham axtarmang bu dunyoda. Hikoyada kelganidek, ba’zida er uchun bir jufti halol butun dunyodagi ayollardan afzal bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ahli ayolimizni qadrlaylik. Zero, u ham kimningdir farzandi, bolalarimizning onasi. Eng muhimi, Allohning bizga bergan omonatidir.
Akbarshoh RASULOV