Mo'min-musulmonlar istaklari asosida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining shogirdi, Imom Buxoriy nomli Toshkent Islom inctitutining katta ustozi MUHAMMAD AYYuBHON DOMLA HOMIDOVning onlayn diniy savol-javob dasturi yangi shakl va innovatsion usullar yordamida taqdim etilmoqda.
Islom – ilm-ma'rifat dini. Inson o'zi bilmagan narsasini ulamolardan so'rab o'rganishi zarur. Alloh taolo Qur'oni karimda: “Agar bilmaydigan bo'lsangiz, zikr ahllaridan so'rangiz!”, deb buyurgan (“Nahl” surasi, 43-oyat). Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Bilimsizlikning davosi savoldir”, – deya bayon qilganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
2020 yil 18 sentyabr', juma kuni soat 19:00 dan boshlab, onlayn diniy savol-javob dasturining ilk sonini kuzating.
Savollaringizni @DiniySavolJavobBot telegram boti yoki jonli efir vaqtida 97-900-92-94 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish orqali yo'llang!
Quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali savol-javob dasturini to'g'ridan-to'g'ri kuzating va bevosita ishtirokchisiga aylaning!
Youtube: MuslimTV
Internet telekanali : ITV.UZ
Facebook: MuslimUz
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Alhamdulillah, biz mo‘min-musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytishga buyurilganmiz. Agar bir marta salavot aytsak, bizga Alloh o‘n marta rahmat yo‘llaydi, o‘nta gunohimiz o‘chiriladi, martabamiz o‘n daraja ortadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta rahmat yo‘llaydi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi, martabasi o‘n daraja ko‘tariladi” (Imom Ahmad rivoyati). Manbalarda qisqa salavot sifatida quyidagi salavot beriladi:
اَللَّهُمَّ صل وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّد
Allóhumma solli vasallim alá nabiyyiná Muhammad
Ma’nosi: “Ey, Alloh! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga rahmat va salom yo‘llagin!”
Ruhiddin Akbarov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi