Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Iyul, 2025   |   10 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:12
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
05 Iyul, 2025, 10 Muharram, 1447

O'quvchi bolalarga maktab formasi va o'quv anjomlari  hadya qilindi

15.09.2020   1942   1 min.
O'quvchi bolalarga maktab formasi va o'quv anjomlari  hadya qilindi

O'zbekistonda 14 sentyabrdan boshlab yana 2300 dan ortiq maktab ochilib, ularda an'anaviy ta'lim boshlandi.  Aksariyat maktablarda an'anaviy ta'lim oktyabr' oyiga qadar tiklanishi kutilmoqda. Bunda maktablarni ochish haqidagi qaror individual tarzda joylardagi haqiqiy holat hamda sog'liqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq, mahalliy kengashlar deputatlari ruxsatidan so'ng qabul qilinadi.

Bolalarning quvonchi cheksiz axir, pandemiya ularni olti oydirki, maktab sinfxonalari, do'stlaridan yiroqlashtirib turibdi.  Nasib bo'lsa, har tong yana bilimlar maskani sari oshiqishadi.

Urgut tumanida joylashgan “Shayx Muxiddinxon” jome masjidi imom-xatibi Nodir Tursunov xayrli ishga bosh bo'ldi. “Chorchinor” mahallasidagi tadbirkorlar ko'magida karantin sharoitida maktab bozoriga etarlicha tayyorgarlik ko'ra olmagan oilalar farzandlariga maktab formalari va o'quv qurollarini hadya etishdi. Endilikda bu bolajonlar ham boshqa do'stlari qatorida yangi ust-bosh, o'quv qurollari bilan darslarni boshlashadi.

Hadisi qudsiyda: “Qaysi bir inson birovning og'irini engil qilsa, hojatini ravo qilsa, Men o'sha insonning og'irini oxiratda engil qilaman, hojatini ravo qilaman”, - deb Alloh taolo va'da qilgani bayon etilgan. Yaxshilik va xayru sahovat ishlari doimo dillarga quvonch ulashib, Yaratganning roziligi, barakaning ko'payishi, balolarning ko'tarilishiga sababchi bo'lsin. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo'limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Safarga ketdilar...”

04.07.2025   8965   2 min.
“Safarga ketdilar...”

Ayoli vafot etganidan keyin eri juda mayus bo‘lib qoldi. Bir kuni uning yaqin do‘sti uni koyidi:

– Haliyam uylanmadingmi?

– Yo‘q, – dedi u.

– Nega, nahotki boshqa ayollar ichida senga yoqadigani bo‘lmasa?

– Rahmatli ayolimga o‘xshagani topilmasa kerak...

– Qo‘ysang-chi, ayollarning bari bir-biriga o‘xshaydi-ku!..

– Men zohirini aytmayapman. Ichki olamini, botinini aytyapman.

Yigit hayron bo‘lib qarab turgan do‘stiga hayotida bo‘lgan birgina voqeani gapirib berdi:

“Bir kuni ayolim jahlimni chiqardi. Qattiq urishdim va uni ota uyiga haydadim. Jimgina ketdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qilgan ishimdan pushaymon bo‘ldim. Aslida ayb o‘zimdan o‘tganini angladim. Ming andisha bilan qaynotamnikiga bordim. Eshik oldida biroz turib qoldim. So‘ng eshikni taqillatdim. Ayolim ochdi va meni hayratda qoldirib, xuddi oramizda hech gap o‘tmaganday, baland ovozda:

– Assalomu alaykum dadajonisi, safaringiz yaxshi o‘tdimi? – deya tabassum bilan ko‘zini qisib qo‘ydi. Unga bir nimalar demoqchi bo‘lgan edim, u meni qattiq bag‘riga bosib, bunday dedi:

– Gapirmang, ota-onamga sizni “safarga ketdilar”, dedim...

Ana shunday fahmli, oqila edi ayolim. Shuning uchun ham unga hech birini o‘xshatolmay, uylanolmay yuribman, do‘stim”.

Ha, azizlar! Alloh taolo erkakni ayol uchun, ayolni erkak uchun ne’mat qilib bergan. To‘g‘ri, ba’zilar bir-birlarining kamchiliklaridan shikoyat qilib qolishadi. Ammo hech kim benuqson emas. Mukammal ayolni ham, erkakni ham axtarmang bu dunyoda. Hikoyada kelganidek, ba’zida er uchun bir jufti halol butun dunyodagi ayollardan afzal bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ahli ayolimizni qadrlaylik. Zero, u ham kimningdir farzandi, bolalarimizning onasi. Eng muhimi, Allohning bizga bergan omonatidir.

Akbarshoh RASULOV