Shu yil 11 Sentyabr kuni Namangan viloyati Adliya boshqarmasi “Usmon Zunnurayn” jome masjidini rasmiy ro'yxatdan o'tkazib, bu haqdagi guvohnomani masjid xodimlariga topshirdi. Ushbu masjid viloyatdagi Namangan shahridagi “Kelajak tongi” MFY, Bodomzor ko'chasi, 20-uyda joylashgan.
Ma'lumot uchun, “Usmon Zunnurayn” masjidining ochilishi bilan Namangandagi masjidlar soni 188 taga, Respublikamizdagi masjidlar soni esa 2074 taga etdi.
Alloh taolo ushbu masjidni yurtdoshlarimizga muborak qilsin. Ana shunday xayrli ishlarning barokatidan bashariyat boshiga kelgan vaboni butun dunyodan, xususan, yurtimizda ko'tarsin, bemorlarimizga komil shifo bersin, barchamizni panohida saqlasin. Yurtimizda masjidlar ochilishiga sababchi bo'latgan insonlardan Haq taolo rozi bo'lsin, bunday xayrli ishlarni bardavom aylasin!











O'zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligining Matbuot xizmati
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan joriy yilning 10-15-noyabr kunlari respublikaning barcha hududida "Bag‘rikenglik haftaligi" o‘tkaziladi.
Haftalikni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimizda millatlararo totuvlik, dinlararo hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hurmat va birdamlik fazilatlarini targ‘ib etishdan iborat.
Haftalik doirasida viloyatlar va Toshkent shahridagi nufuzli tomosha maydonlari, so‘lim hiyobonlar va bog‘larda turli madaniy, ilmiy-amaliy va ma’rifiy tadbirlar, "O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor" shiori ostida konsert dasturlari, foto ko‘rgazmalar, qardosh xalqlar yozuvchi-shoir va rassomlarining badiiy asarlari taqdimoti, turli ekskursiyalar, sport o‘yinlari, intellektual va boshqa turdagi musobaqalar o‘tkaziladi.
Barcha yurtdoshlarimizni bag‘rikenglik, hamjihatlik va totuvlik bayramini birgalikda nishonlashga chorlaymiz!
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati