Saudiya Temir yo'llari tashkiloti Haj ziyorati oldidan "Ikki muqaddas masjid" tezyurar poyezdining tashish qobiliyatini 100 ming o'ringa oshirishini ma'lum qildi. Bu haqda IQNA Arab Business agentligiga tayanib xabar berdi.
SAP ushbu raqamning qo'shilishi bilan bu yo'nalishdagi umumiy yo'lovchi sig'imi joriy yilda 1,6 million yo'lovchiga etishini aytdi.
Ikki Muqaddas Masjid tezyurar temir yo'li Jidda (Sulaymoniya) asosiy bekati, Jiddadagi Malik Abdulaziz xalqaro aeroporti va Malik Abdulloh iqtisodiy shahrini o'z ichiga olgan beshta bekat orqali o'tib, Makka va Madina shaharlarini bog'laydi.
Ikki Muqaddas masjid poyezdlaridagi o'rindiqlarning ko'payishi bu yil Haj mavsumida hojilarni olib ketayotgan reyslar soni sezilarli darajada oshgani bilan bog'liq.
Joriy yilda parvozlar soni o'tgan yilga nisbatan 430 reysga ko'payishi kutilmoqda. Ikki Muqaddas Masjid tezyurar temir yo'li soatiga 300 km tezlikka ega bo'lgan dunyodagi o'nta tezyurar poyezdlardan biri bo'lib, 35 ta poyezddan iborat va har bir vagon 417 o'rindiqdan iborat.
Ushbu elektropoyezd nol' uglerod chiqindilari bilan ekologik jihatdan ham mos keladi. U muqaddas Makka va Madina shaharlari orasidagi masofani 2 soatu 10 daqiqada bosib o'tadi.
Saudiya Arabistoni rasmiy axborot agentligi (WAS) "Ikki muqaddas masjid" poyezdini o'z dizaynida Madina munavara va Makka mukkarama tarixiy joylaridan ilhom olib, mamlakat va Yaqin Sharqdagi eng yirik transport loyihasi sifatida ta'riflaydi.
2009 yilda boshlangan loyiha 2018 yilda Jidda shahrida Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud tomonidan ochilgan va har yili 60 million yo'lovchiga xizmat ko'rsatishni maqsad qilingan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan joriy yilning 10-15-noyabr kunlari respublikaning barcha hududida "Bag‘rikenglik haftaligi" o‘tkaziladi.
Haftalikni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimizda millatlararo totuvlik, dinlararo hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hurmat va birdamlik fazilatlarini targ‘ib etishdan iborat.
Haftalik doirasida viloyatlar va Toshkent shahridagi nufuzli tomosha maydonlari, so‘lim hiyobonlar va bog‘larda turli madaniy, ilmiy-amaliy va ma’rifiy tadbirlar, "O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor" shiori ostida konsert dasturlari, foto ko‘rgazmalar, qardosh xalqlar yozuvchi-shoir va rassomlarining badiiy asarlari taqdimoti, turli ekskursiyalar, sport o‘yinlari, intellektual va boshqa turdagi musobaqalar o‘tkaziladi.
Barcha yurtdoshlarimizni bag‘rikenglik, hamjihatlik va totuvlik bayramini birgalikda nishonlashga chorlaymiz!
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati