Alloh taolo nazdida zamon va makonlar fazlda barobar. Bir-biridan ortiq ë kam joĭi ĭŭq. Lekin O'zi fazilatli qilgan zamon va makonlar bundan mustasno.
“Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru erni yaratgan kuni o'n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to'rttasi (urush qilish) harom (oĭlar)dir. Mana shu to'g'ri dindir. U (oĭ )larda o'zingizga zulm qilmang” (Tavba surasi, 36-oyat)
“Va u erda kim zulm ila yanglish yo'lga burilishni iroda qilsa, unga alamli azobni tottirurmiz” (Haj surasi, 25-oyat).
Olimlar ushbu ikki oyatni dalil qilib, muborak zamon va makonlarda qilingan yaxshilik ajr-savobi kŭpaĭ tirib ëzilganidek, gunohlar ham ziyëda qilib ëziladi, deĭdilar.
“Tongga qasam. (Zulhijja oĭ ining avvalgi) o'n kechaga qasam. Juft va toqqa qasam” (Fajr surasi, 1–3-oyatlar).
Mazkur oyatdagi "juft"dan murod zulhijja oĭining ŭninchi kuni, "toq"dan murod esa tŭqqizinchi kunidir. Mufassirlar Alloh taolo Zulhijja oĭining avvalgi ŭn kuni bilan qasam ichgani uchun ham uni fazilatli, deĭdilar.
Abu Huraĭra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ibodat qilinadigan biror kun zul hijjaning o'n kuni-dan Alloh taologa mahbub emas. Undagi har bir kunning ro'zasi bir yilga barobardir. Undagi har bir kechada turish qadr kechasida turishga barobardir”, dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo nazdida biror kun va u kunlarda qilingan amal ushbu o'n kundagi amaldan afzal bo'lmas. Bas, bu kunlarda tahlil va takbirni ko'paytiringlar. Chunki bu tahlil, takbir va Allohning zikr qilish kunlaridir. Bu kunlarda bir kunlik ro'za bir yilgi ro'zaga barobar bo'ladi. Bu kunlarda qilingan bir amalga etti yuz barobar (ajr) ko'paytirib beriladi"» (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Zulhijja oĭi zikr mavsumidir. Hadisi sharifda ham bu muborak oĭning avvalgi ŭn kunida zikrni kŭpaĭtirish, aĭniqsa, tahlil va takbir kabi zikrlarga alohida urg'u berish lozim.
"Ma'lum kunlarda Allohning ismini zikr qilsinlar" (Haj surasi, 28-oyat).
Olimlar bu kunlarda zikr qilishni mustahab sanaĭdilar. Jumhur ulamolar nazdida oyatdagi “Ma'lum kunlar”dan murod Zulhijja oĭining avvalgi ŭn kunidir.
Muhaddislar Zulhijja oĭining avvalgi ŭn kunida bajarilgan amallar Alloh taologa boshqa oĭlarga qaraganda mahbubroq bŭlgani uchun ham fazilatli, deĭdilar.
Zulhijja oĭining avvalgi ŭn kuni fazilati tŭg'risida juda kŭplab hadislar vorid bŭlgan. Aĭni ŭrinda mavzuimiz bilan bog'liq bir qancha hadislarni keltirish bilan kifoyalandik, xolos.
Hadisi shariflarni teran ŭrganib, tegishli xulosaga kelgan olimlar zulhijja oĭining avvalgi ŭn kunini turli savobli amallar bilan ŭtkazishni, aĭniqsa, kunduzlarini rŭza tutib, kechalarini ibodat bilan ŭtkazishni tavsiya qiladilar.
Zulhijjaning avvalgi ŭn kuni afzalmi ëki ramazon oĭining oxirgi ŭn kuni afzalmi, degan masala ustida olimlar bahs munozara yuritishgan.
Olimlar, zulhijja oĭining avvalgi ŭn kunining kunduzi, ramazon oĭining oxirgi ŭn kunining kunduzidan afzal. Ramazon oĭining oxirgi ŭn kunining kechasi zulhijja oĭining avvalgi ŭn kunining kechasidan afzaldir, deĭdilar.
Hususan, zulhijja oĭining avvalgi ŭn kunida juda kŭp solih amallar bor. "Latoiful ma'orif" kitobida quĭidagi naql keltiriladi. Tobeinlardan Abu Usmon Nahdiĭ rahmatullohi alaĭh aĭtadi: "Oldingilar uchta ŭntalikni ulug'lar edilar: Ramazonning oxirgi ŭn kuni, Zulhijjaning avvalgi ŭn kuni va Muharramning avvalgi ŭn kuni".
Zulhijja oĭi ŭzida juda kŭp yaxshilik va fazilatlarni jamlagan. Bu kabi holatni boshqa birorta oĭda kŭrmaĭmiz. Zulhijja oĭida arafa kuni, nafl rŭza, Qurbon haĭiti, qurbonlik, haj, zikrlar, tashriq va shu kabi kŭplab solih amallar bor.
Davomi bor...
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlarining
"Haj buyuk ibodatdir" nomli kitoblaridan olindi.
Bugun Jizzax viloyatida ushbu muborak oyning fayzu barakasi yaqqol sezilmoqda. Vohadagi 170 ta masjidda taraveh namozlari muntazam ado etilmoqda. Ularning 124 tasida 208 nafar qori tomonidan xatmi Qur’on qilinmoqda. Bu raqamlar — quruq statistika emas, balki yuzlab qalblarning Qur’on nuridan bahramand bo‘layotganining amaliy ifodasidir.
Taraveh namozlari viloyatdagi barcha masjidlarda bir xil vaqtda — soat 20:30 da boshlanmoqda. Bu tartib va intizom ibodatda hamjihatlikni ta’minlab, jamoatni yagona maqsad atrofida birlashtirmoqda. Islom manbalarida ta’kidlanganidek, taraveh namozi Ramazon oyiga xos sunnat amallardan hisoblanadi va asrlar davomida musulmon ummati tomonidan ado etib kelinmoqda.
Taraveh namozlari 27 kun davomida o‘qilib, Laylatul qadr kechasi bilan yakunlanadi. Laylatul qadr — Qur’on nozil bo‘la boshlagan, ming oydan yaxshiroq deb vasf etilgan muborak kechadir. Ushbu muborak tun arafasida xatmi Qur’on qilish yurtdoshlarimiz uchun ulkan ma’naviy yutuq, qalblar uchun beqiyos ziyo manbaidir.
O‘zbekiston Musulmonlar idorasining Jizzax viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Mehmonxon Jabborov ta’kidlaganidek:
— Alloh kechirguvchi va Ul zot kechirimlilarni yaxshi ko‘radi. Ramazon — nafaqat ro‘za tutib, gunohlardan tiyilish, balki bir-birimizni kechirish, kimnidir ranjitgan bo‘lsak, uzr so‘rash oyidir.
Darhaqiqat, bu oy insonni nafs bilan kurashga, bag‘rikenglikka, mehr-oqibatga chorlaydi. Masjidlardagi ma’rifiy suhbatlar, Qur’on tilovati va jamoat ibodati — barchasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda imom-xatiblar homiylar ko‘magida ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olib, ularning uylarida iftorliklar tashkil etmoqdalar. Turli oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berilishi Ramazonning saxovat va hamdardlik ruhini yanada mustahkamlamoqda. Bu ishlar «Inson qadri uchun» tamoyilining amaliy ifodasidir.
Masjid — faqat ibodat joyi emas, balki ma’rifat, tarbiya va hamjihatlik maskani. Ramazon oyida bu maskanlar yanada fayzli, yanada gavjum bo‘ladi. Qur’on sadosi ostida inson o‘z qalbini tinglaydi, xatolarini anglaydi, ezgulikka intiladi.
Jizzaxdagi bu manzara — yurtimizda diniy-ma’rifiy hayot barqaror va izchil rivojlanayotganining yorqin ifodasidir. Tartib-intizom, jamoatchilik birdamligi va saxovatpeshalik — barchasi Ramazonning mazmun-mohiyatiga mos tarzda namoyon bo‘lmoqda.
Ramazon — kechirim oyi;
Ramazon — birdamlik oyi;
Ramazon — qalblarni nurga to‘ldirish oyi.
Jizzaxda esa bu nur 170 masjiddan taralib, minglab xonadonlarga ziyo baxsh etmoqda.
A. Qayumov, J. Yorbekov (surat), O‘zA