Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Dekabr, 2025   |   12 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:31
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
03 Dekabr, 2025, 12 Jumadul soni, 1447

Zulhijja oyida qanday amallar bajariladi?

07.06.2024   21420   2 min.
Zulhijja oyida qanday amallar bajariladi?

Zulhijja so'zi qanday ma'noni anglatadi?

“Haj egasi” degan ma'noni bildiradi.

 

Zulhijja oyi qanday oy?

Bu oy Alloh taolo urush, qon to'kishni harom qilgan (Zulhijja, Zulqa'da, Muharram, Rajab) to'rt oyning biri, hijriy-qamariy taqvimning oxirgi oyidir.

 

Zulhijja oyi qanday fazilatlarga ega?

Haj ibodati ado etiladigan, qurbonlik qilinadigan, Arafa va Qurbon hayiti nishonlanadigan oy. Bu oyda, ayniqsa uning dastlabki o'n kunida qilingan ibodatlar Alloh taolo uchun eng sevimli amallardan sanaladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Zulhijja oyining o'n kunidagi amaldan ko'ra afzalroq amal yo'qdir”, deganlar (Imom Ibn Hibbon rivoyati).

 

Bu oyda tutilgan ro'za ikki yillik gunohlarga kafforot bo'ladi

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro'zasi o'zidan avvalgi bir yil va o'zidan keyingi bir yilning gunohlariga kafforat bo'lishini Allohdan umid qilaman”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

 

Zulhijja oyini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday o'tkazardilar?

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zulhijja oyining dastlabki to'qqiz kunida, Ashuro kunida va har oydan uch kunda – oyning avvalgi dushanbasi bilan ikki payshanbasida – ro'za tutardilar (Imom Ahmad rivoyati).

Nabiy sollallohu alayhi vasallam yanada ko'proq zikr qilardilar va: “...Bu kunlarda tahlil (Laa ilaha illalloh Muhammadur Rasululloh), takbir (Allohu akbar) va tahmid (Alhamdulillah) aytishni ko'paytiringlar!” derdilar (Imom Ahmad, Imom Bayhaqiy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu duoni ko'p aytardilar: Laa ilaha illallohu vahdaxu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva 'ala kulli shay'in qodiyr(Imom Termiziy rivoyati).

 

Davron NURMUHAMMAD

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashi yilning "Eng faol jamoatchilik kengashi" sifatida e’tirof etildi

02.12.2025   1414   1 min.
Qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashi yilning

2025 yilning 1 dekabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari sohasida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va sohani yanada rivojlanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun muloqot maydoni – "Fuqarolik jamiyati haftaligi"ga start berildi.

Haftalik doirasida bo‘lib o‘tgan "Jamoatchilik kengashlari forumi"da O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yilning "Eng faol jamoatchilik kengashi" sifatida e’tirof etildi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish yo‘nalishida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish maqsadida zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratildi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi izchil takomillashtirildi.

Shu jarayonda davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini rivojlantirish, ularni samarali ishlashi uchun qulay mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha ham qator muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashining ham yuksak e’tirof etilishi – olib borilayotgan ijobiy islohotlarning amaliy samarasi, jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan siyosatning yorqin natijasidir.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati

Qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashi yilning Qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashi yilning Qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashi yilning Qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashi yilning Qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashi yilning Qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashi yilning
O'zbekiston yangiliklari