O'tgan haftada diniy-ma'rifiy sohada ro'y bergan muhim xabarlarning qisqacha tafsiloti
00:00 Anons
01:04 Prezident o'zbekistonlik hojilar holidan xabar oldi
01:41 Ziyoratchilarimizning so'nggi guruhlari haj safariga kuzatildi
02:03 Yurtdoshlarimiz Hajgacha bo'lgan amallarni ado etmoqdalar
02:38 Mehmonxonalardagi sharoitlar o'rganilib, ziyoratchilar bilan suhbatlashildi
03:04 Fuqarolar murojaati o'rganildi
03:37 Bitiruvchilarga oq fotiha berildi
04:03 Haj ixlos va duo ila mukammal bo'ladi!
06:35 Imomlarga juma mav'izalari bo'yicha ko'rsatma berildi
06:57 Muhaddisa qizlarga ijoza berildi
07:32 Halqaro bolalar bayramida 825 million so'm xayriya qilindi
07:57 Talabalar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati