بسم الله والله أكبر اللهم منك ولك اللهم تقبل مني
O'qilishi: Bismillahi. Vallohu akbar. Allohumma minka va laka. Allohumma taqobbal minniy.
Ma'nosi: Allohning nomi bilan. Alloh ulug'dir. Allohim, bu Sendan va Sen uchundir. Allohim, mendan qabul et.
اللهم تقبل هذا منى كما تقبلت من حبيبك محمد و خليلك إبراهيم عليهما السلام
O'qilishi: Allohumma taqobbal haazaa minniy kama taqobbalta min Habiybika Muhammad sollallohu alayhi vasallam va Haliylika Ibrohim alayhimassalom.
Ma'nosi: Allohim! Bu qurbonligimni habibing Muhammad, xaliling Ibrohim alayhimassalomdan qabul qilganingdek qabul qilgin.
إِنِّي وَجَّهْتُ وَجْهِيَ لِلَّذِي فَطَرَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ حَنِيفًا وَمَا أَنَا مِنَ الْمُشْرِكِينَ
O'qilishi: Inniy vajjahtu vajhiy lillaziy fatoros samaavaati val arz haniyfan va maa anaa minal mushrikiyn.
Ma'nosi: Men to'g'ri yo'lni tanlagan holimda yuzimni osmonlar va Yerni ixtiro etgan Zotga qaratdim. Men mushriklardan emasman.
قُلْ إِنَّ صَلَاتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَايَ وَمَمَاتِي لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
O'qilishi: Qul inna solaatiy va nusukiy va mahyaaya va mamaatiy lillahi Robbil 'alamiyn.
Ma'nosi: Ayting: “Albatta, namozim, ibodatim va hayotu mamotim olamlar Rabbi bo'lmish Alloh uchundir”.
لَا شَرِيكَ لَهُ وَبِذَلِكَ أُمِرْتُ وَأَنَا أَوَّلُ الْمُسْلِمِينَ
O'qilishi: Laa shariyka lahu va bizaalika umirtu va anaa avvalul muslimiyn.
Ma'nosi: Unga (hech qanday) sherik yo'qdir. Mana shu (aqida)ga buyurilganman va men (Allohning buyruqlariga) taslim etuvchilarning avvaliman.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Yurtimizda yana bir masjid qayta barpo etiladi, inshaalloh. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyat vakili Xayrulla domla Abdullayev yangi loyihada barpo etiladigan masjidning poydevoriga ezgu niyat va xayrli duolar bilan tamal toshini qo‘ydi.
Bunyod etilayotgan masjid Xorazm me’morchilik an’analari asosida zamonaviy talablar uyg‘unligida quriladi. U 700 ga yaqin namozxonga mo‘ljallangan.
Tadbirda Qo‘shko‘pir tuman hokimi Shuhrat Ahmedov, tuman bosh imom-xatibi Mansurjon domla Mansurov, imom-xatiblar, nuroniy otaxonlar, mahalla faollari va homiylar ishtirok etdi.
Zamaxshariy.uz