Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Dekabr, 2024   |   21 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
22 Dekabr, 2024, 21 Jumadul soni, 1446

Marokashda Halqaro arab xattotligi festivali boshlandi

1.07.2024   1842   1 min.
Marokashda Halqaro arab xattotligi festivali boshlandi

Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi – UNA-OIC Marokashning Fes shahrida “Safir” shiori ostida Halqaro arab xattotlik va bezak san'ati festivalining to'qqizinchi sessiyasi boshlanganini yozgan.

Uch kun davom etadigan ushbu madaniy tadbir jamoatchilikni, muxlislarni arab xattotligi va bezak san'ati bilan bog'liq nafis rasmlarda qo'llanadigan uslublar bilan yaqindan tanishtiradi.

Shahar Mintaqaviy madaniyat boshqarmasi bo'lim boshlig'i Nadiya Berchid xonim Mag'rib Arab matbuot agentligiga ta'kidlaganidek, arab davlatlari san'atkorlik tajribasi va asarlari namoyish qilinayotgan Halqaro arab xattotlik va bezak san'ati festivali joriy sessiyasi dasturi rang-barangligi bilan ajralib turadi. “Muzey va san'at galereyasi kechasi”ning milliy miqyosdagi uchinchi davrasiga to'g'ri kelgan anjuman qatnashchilar uchun ko'plab muzeylar, madaniyat maskanlarini tomosha qilish uchun qulay imkoniyatdir.

Tadbir davomida nazariy va amaliy seminarlar ham tashkil etiladi.

Muharrama Pirmatova, O'zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

“JUMADAN JUMAGACHA” (20.12.2024)

22.12.2024   3227   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Videolavhalar